Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Ozarbayjon madaniyati va she’riyati kunlari”
tadbirlariga start berildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi va tashkilotchiligida O‘zbekistonning Toshkent va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan “Ozarbayjon madaniyati va she’riyat haftaligi” doirasida Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Institutida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” nomli besh tildagi ensiklopedik nashr loyihasi taqdimoti va ozarbayjonlik san’atkorlarning ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan mazkur universitetda tashkil etilgan OzarbayjonMadaniyati va San’ati markaziga tashrif buyurishdi. So‘ngra tadbir ishtirokchilari konsert zali foyesida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tashkil etilgan Umummilliy yetakchi Haydar Aliyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Ozarbayjonning yorqin g‘alabasiga bag‘ishlangan foto va kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan O‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti rektori Elmar Shermanov ikki qardosh davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalar tarixda eng yuqori pog‘onada ekanini alohida ta’kidladi va bunda O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining o‘rni katta ekanini ta’kidladi. Rektor yaqinda Shusha shahrida boʻlib oʻtgan 1-Turk dunyosi madaniyat forumidagi ishtiroki haqida gapirar ekan, nafaqat Ozarbayjon, balki butun turkiy dunyoning madaniy poytaxti boʻlgan Shusha shahrining turkiy dunyo madaniyatida tutgan oʻrni haqida gapirdi. Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan yaratilgan “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” deb nomlangan besh tildagi loyiha haqida so‘z yuritar ekan, rektor ushbu nashrga yuqori baho berib, zikr etilgan ensiklopediya tufayli Ozarbayjonning madaniy durdonasi bo’lgan Shusha shahri haqida batafsil ma’lumot olish mumkinligini ta’kidladi.

Keyinchalik so‘zga chiqqan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov ikki davlat o‘rtasidagi mavjud madaniy aloqalarga to‘xtalib, bu borada davlat rahbarlari katta sa’y-harakatlar va iroda ko‘rsatganini ta’kidladi. Samir Abbasov Shusha turkiy dunyo madaniyatida koʻprik vazifasini oʻtaganini taʼkidlab, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Oʻzbekistonda Shusha bilan bogʻliq amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berdi. “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” nomli besh tilda amalga oshirilgan loyiha haqida gapirar ekan, Samir Abbasov ushbu nashr Ozarbayjon Madaniyat Markazining Shusha yiliga qo‘shgan hissasi va Shusha shahrining Turk dunyosining madaniyat poytaxti deb e’lon qilinishini munosabati bilan yo’llangan tuhfa ekanligini ta’kidladi.

Tadbirda chiqish qilgan adabiyotshunos olim, tarjimon Boboxon Sharif ham Shusha butun turkiy dunyo uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, mazkur nashr Shusha haqidagi dastlabki ma’lumotlar bazasi nuqtai nazaridan juda qimmatli manba ekanligini, shu bilan birga nashrning besh tilda chop etilishini yuqori baholadi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Ozarbayjon xalq shoiri Vohid Aziz O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi taklifiga binoan O‘zbekistonda bo‘lib, she’riyat ixlosmandlari bilan uchrashayotganidan juda mamnun ekanligini bildirdi.

Tadbirning badiiy qismida Ozarbayjondan taklif etilgan taniqli xonandalar, xalqaro tanlovlar laureatlari Miralam Miralamov, Kamala Nabiyeva ijrosidagi milliy mug‘omlar, taniqli Ozarbayjon musiqa ustasi Ilhom Abdullayev ijrosidagi milliy kuylar namoyish etildi. Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshida faoliyat yuritayotgan “Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli ijrosida esa Ozarbayjon milliy raqslari tomoshabinlarga taqdim etildi.

26.10.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint