Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stligi va madaniy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga doir 2024-yil davomida amalga oshiriladigan ishlar muzokara qilindi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov va “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Erkin Nuriddinov o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkillashtirilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning kuchaytirilishi, bu yil do‘stlik jamiyati delegatsiyasining Ozarbayjonga safari, universitetlarimiz o‘rtasida hamkorlikning kengaytirilishi, Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti va Ganja Davlat Universiteti bilan birga loyihalarning amalga oshirilishi, bu yildan e’tiboran Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Ozarbayjon tili va adabiyoti fanining o‘qitilishi, bu maqsadda Ozarbayjondan mutaxassislar, pedagoglarning jalb etilishi, o‘zaro ma’ruzalarning o‘tkazilishi, O'zbekistonda bu yil davlat darajasida o‘tkaziladigan Ozarbayjon Madaniyat kunlariga doir tashkiliy ishlarni bajarish, O‘zbekistonda Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy va Maqsud Shayxzoda ijodiy merosining o‘rganilishi, ularning asarlarining tarjima va nashr loyihalarining amalga oshirilishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi va ushbu tadbir, loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘sttlik aloqalari qo‘mitasi qoshida va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bazasida faoliyat olib boradi.

05.01.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint