Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Mammad Said O‘rdubodiyning “Qilich va qalam” romani
o‘zbek tilida chop etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi asosida Ozarbayjonning taniqli yozuvchisi Mammad Said O‘rdubodiyning mashhur “Qilich va qalam” tarixiy romani o‘zbek tilida nashr etildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan o‘zbek tilida nashrga tayyorlangan “Qilich va qalam” romanining mavzusi Ozarbayjonning buyuk shoiri, daho ijodkor Nizomiy Ganjaviyning hayoti, ijodkorligi, yashagan davri haqidadir va ushbu tarixiy roman bu nuqtai nazardan Ozarbayjonda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham katta qiziqish bilan qabul qilinmoqdadir. “Qilich va qalam” tarixiy romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan olimlari Nazira Aliyeva, Muhsin Hamidov va Rustam Komilov, muharrir va nashrga tayyorlovchi o‘zbek olimi Abdulla Ulug‘ovdir.

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi “Niso mashriyot va matbaa uyi” poligrafiya markazida chop etilgan ushbu roman originalidan farqli ravishda zamonaviy kitobchilik an’analariga uyg‘un holda bir jildda ikki qismdan iborat ko‘rinishda nafis shaklda chop etildi.

Kitobning muqaddimasida Mammad Said O‘rdubodiyning bu asari XX asr turkiy xalqlar adabiyotiga o‘ziga xos hissa qo‘shganligi qayd etilgan. “Qilich va qalam” romanida butun davrlarda insonning murakkab munosabatlarida doim mustahkam o‘rin egallagan sevgi, qizg‘anchoqlik, mansab va shon-shuhrat kabilar yorqin bo‘yoqlarda tasvirlangandir.

Romanda Nizomiy Ganjaviy tasviri markaziy o‘rinni egallaydi. Muallif Nizomiyning hayotini va faoliyatini turli davrlar, xalq hayoti va kundalik turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq holda tasvirlaydi, xalq hayotini keng lavhalarda aks ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi asosida 2023-yil 21-dekabr sanasida Ozarbayjon, O‘zbekiston va Turkiya olimlarining ishtiroki bilan “Nizomiy Ganjaviy ijodida turkiylik mafkurasi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilgan edi. Nizomiyshunoslik bilan bog‘liq bir qancha mavzularning muzokara qilingani jarayonida ushbu konferensiyaning yakuniy natijasi o‘laroq Nizomiy Ganjaviy ijodining dunyoda tanitilishi, tadqiqi va targ‘ibotini yanada samarali shaklda amalga oshirish maqsadida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshida turkiy dunyoning Nizomiyshunos olimlaridan iborat “Nizomiy Ganjaviy xalqaro ilmiy tadqiqotlar jamiyati” ta’sis etildi va uning kelajakdagi faoliyat strategiyasi muhokama asosida qabul qilindi.

Nizomiy Ganjaviy xalqaro ilmiy tadqiqotlar jamiyati tomonidan Ozarbayjonning daho shoiri, mutafakkir Nizomiy Ganjaviy ijodiy merosining tadqiqi va targ‘iboti borasida bir necha takliflar ilgari surildi va bu takliflarning bir qismi Nizomiy Ganjaviy shaxsiyatini, shoirning real obrazini gavdalantirgan Mammad Said O‘rdubodiyning “Qilich va qalam”, O‘qtoy Salomzodaning “Asrlar siri” romanlari, dunyoda mashhurlik qozongan sharqshnos olim Y.Bertelsning “Nizomiy”, M.A.Rasulzodaning “Nizomiy – Ozarbayjonning buyuk shoiri” nomli monografiyalarning chet tillariga tarjimasi, nashri va tarqatish loyihalaridir.

Ozarbayjon Madaniyat Markazidan matbuotga bildirildiki, Nizomiy Ganjaviy shaxsiyati, uning yaratuvchanligi, shuningdek Ozarbyajon yozuvchilari asarlarining tadqiqi va targ‘iboti maqsadida Mammad Said O‘rdubodiyning buyuk shoir haqida yozgan “Qilich va qalam” asari o‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi.

O‘zbek tilida chop etilgan “Qilich va qalam” romanining yaqin kunlarda O‘zbekistonning yetakchi kutubxonalarida, ta’lim muassasalarida taqdimotlarining o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda.

31.01.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint