XABARLAR 2024
Oʻzbekistonda Ozarbayjonning Zafar kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.
Ozarbayjon Madaniyat vazirligining koʻmagi bilan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjonning Zafar kuni munosabati bilan katta konsert tadbiri oʻtkazildi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekistonning fan, madaniyat va sanʼat xodimlari, yozuvchi va shoirlar, Ozarbayjon Diasporasi aʼzolari, talabalar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Dastavval ishtirokchilar Markazning foyesida Ozarbayjon xalqining gʻalabasiga bagʻishlangan foto va kitoblardan iborat koʻrgazma bilan tanishdilar.
Mehmonlarni salomlagan Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktor oʻrinbosari Nodir Alimirzayev 44 kunlik Vatan urushi, tuproqlarimiz Armanistonning bosqinchiligidan ozod etilgani, Ozarbayjon askari va zobitlarining qahramonligi, shijoati haqida suhbat boshlagan holda 2020-yilning 27-sentabr sanasida dushmanning butun jabha boʻylab Ozarbayjon qurolli kuchlarining harbiy pozitsiyasilarini va yaqin atrofdagi yashash mintaqalarini turli qurollardan foydalanib, oʻqqa tutganini, aholi oʻrtasida qirgʻinning oldini olish va boy berilgan tuproqlarimizni qaytarish maqsadi bilan oliy bosh qoʻmondonlik tomonidan butun jabha boʻylab harbiy operatsiyalarning boshlanishiga buyruq berilganini va bu bilan II Qorabogʻ urushining boshlanganini aytdi. Ozarbayjon Prezidenti janob Ilhom Aliyevning uzoqni koʻzlagan siyosati, irodasi, Ozarbayjon askarining shijoati, shahidlarning qoni, joni evaziga jami 44 kun davom etgan Vatan urushi natijasida Ozarbayjon 28 yildan keyin oʻz tuproqlarini ozod qildi, tarixiy Gʻalabani qozondi, shahidlarning qoni yerda qolmadi, qasoslari olindi. N.Alimirzayev 8-noyabr sanasida Qorabogʻ toji, Ozarbayjon madaniyati beshigi hisoblangan Shusha shahrining bosqindan ozod boʻlgan kunini Prezident Ilhom Aliyevning 2020-yil 3-dekabrda imzolagan "Ozarbayjon Respublikasida Zafar Kunining taʼsis etilishi haqida"gi farmonga asosan 8-noyabr zafar kuni sifatida belgilanganini soʻzladi.
Chiqish qilgan Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati Gulbahor Saidgʻaniyeva urush davrida Armanistonning Ganja, Barda, Tartar, Mingachevir va boshqa shaharlarini, qishloqlari, aholini katta buzgʻunchi kuchga ega raketalar bilan oʻqqa tutib, xalqaro huquqning norma va prinsiplariga, shu jumladan xalqaro gumanitar huquqqa, Jenevra Konvensiyasida belgilangan tartibga zid boʻlgan urush jinoyatlari sodir etganini taʼkidladi. Ammo jasoratli Ozarbayjon armiyasining dushmanga loyiq javob berib, tarixiy gʻalaba qozonganini soʻzlagan deputat butun Ozarbayjon xalqini tarixiy Zafar kuni munosabati bilan tabrikladi, oʻzbek xalqining hamisha oʻz qardoshlarining yonida boʻlganini taʼkidladi.
Rasmiy qismdan keyin oʻtkazilgan konsertda Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalq artisti Gulyanoq Mammadova, Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Jenisbek Piyazov, Oʻzbekistonda tanilgan ozarbayjonlik soz ustasi Ilhom Abdullayev, Oʻzbekistonning "Oʻzbegim yoshlari" musiqiy guruhining aʼzolari Ozarbayjon va Oʻzbek tillarida qoʻshiqlar, shuningdek Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Ozarbayjon" raqs ansamblining aʼzolari milliy raqslarimizni ijro etdilar.
07.11.2024