XABARLAR 2024
Toshkentda Ozarbayjonning Zafar kuni nishonlandi.
Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchixonasi va uning huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida Ozarbayjonning Zafar kuni munosabati bilan qabul marosimi oʻtkazdi.
Tadbirda Oʻzbekistonning Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Botir Usmonov, parlament aʼzolari, hukumat vakillari, elchilar va xalqaro tashkilotlarning vakillari, poytaxtdagi diplomatik tashkilotlarning harbiy atteshalari, fan, madaniyat va sanʼat xodimlari, jurnalistlar, Ozarbayjon Diasporasi aʼzolari ishtirok etdi.
Dastavval ishtirokchilar mehmonxonaning foyesida Ozarbayjon xalqining gʻalabasiga bagʻishlangan fotokoʻrgazma bilan tanishdilar.
Ozarbayjon va Oʻzbekistonning davlat madhiyalari yangraganidan keyin mamlakatimizning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev mehmonlarni salomlagan holda, Zafar Kuni haqida batafsil maʼlumot berdi. Elchi bildirdiki, Ozarbayjonning Vatan urushidagi gʻalabasi milliy gʻurur, qahramonlik va yengilmaslik ramzidir. 30 yilga yaqin muddatda Qorabogʻ va uning atrofidagi tumanlar bosqin ostida qolgandi. Shunday qilib armiyamizning shijoati va xalqimizning qatʼiyati natijasida biz oʻz tuproqlarimizni qaytardik va tarixiy adolatni barpo etdik. Zafar Kuni yana bir bor isbotlaydiki, Ozarbayjon tuproqlarini, shahar va qishloqlarimizni, egallanmas qalʼa boʻlgan Shushamizni qoni, joni evaziga qaytargan yigit-oʻgʻillarimizning qoni yerda qolmadi. Vatan orzusida jonini fido qilgan yigitlar doimo qalbimizda yashayajak.
Elchi bildirdiki, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan armiyamiz yuksak professionallik va qatʼiyat koʻrsatdi, uning rahbarligi bilan biz gʻalabamizni taʼminladik, hududiy yaxlitligimizni barpo etdik, Ozarbayjonning oldingi shuhratini oʻziga qaytardik.
H.Guliyev aytdi: "Ishgʻoldan ozod qilgan tuproqlarimizga kelgan xorijiy jurnalistlar va mehmonlar Agʻdamni Ozarbayjonning Xirosimasi deya nomlamoqda. Ozarbayjon koʻp marotaba YUNESKO vakillarini Qorabogʻga taklif qilmoqda, ular Ozarbayjonning armanlar tomonidan vayron qilingan madaniy merosini, vahshiy dushman munosabatini oʻz koʻzlari bilan koʻrsinlar. Koʻp marotaba murojaat qilganimizga qaramasdan, YUNESKO Qorabogʻga vakillarini yubormadi. Ishgʻolgacha Qorabogʻ tuprogʻida boʻlgan 67 ta masjiddan 65 tasi armanlar tomonidan vayron etilgan, ikki masjidda esa choʻchqa boqqanlar. Bokudagi arman cherkovi esa bugungi kungacha saqlab kelinmoqda, 3 yil avval boshqa konfessiyalarga mansub cherkovlar qatorida qaytadan restovratsiya qilindi.
Diplomat Ozarbayjon xalqi urush davrida oʻz yordamini ayamagan Oʻzbekiston davlatiga va xalqiga oʻzining chuqur minnatdorchilik bildirishini taʼkidladi.
Tadbirning badiiy qismida Oʻzbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Farrux Zakirov, Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalq artisti Gulyanoq Mammadova Ozarbayjon va Oʻzbek qoʻshiqlarini ijro etdilar. Ularning chiqishlari olqishlar bilan qarshi olindi.
Soʻngra marosim ishtirokchilari Ozarbayjon milliy taomlariga taklif qilindi.
08.11.2024