XABARLAR 2024
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻtkazilgan “Madaniyat kuni” festivalida Ozarbayjon tamsil qilindi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining akademik litseyida “Madaniyat kuni” nomli festival oʻtkazildi va bu festivalda talabalar, oʻqituvchilar, koʻplab xorijiy mehmonlar, ziyolilar, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan elchixonalar vakillariga milliy oshxona namunalari, milliy kiyimlar, kitob koʻrgazmasi va koʻplab davlatlar suvenirlarining koʻrgazmasi namoyish qilindi.
Ozarbayjonni ushbu tadbirda Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchixonasi huzurida faoliyat koʻrsatadigan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tamsil qildi.
Ozarbayjon uchun ajratilgan burchakda oʻlkaning bayrogʻi, Ozarbayjon manzaralari, milliy musiqa asboblari va kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, shuningdek, Ozarbayjon Madaniyat Markazining qoʻl mehnati va rasm toʻgaraklari aʼzolarining yaratgan ishlari va suvenirlar koʻrgazmaga qoʻyildi.
Ozarbayjon burchagida festival ishtirokchilariga milliy oshxona namunalaridan palov, doʻlma, gutablar, shuningdek shakarbura, paxlava va boshqa shirinliklar dasturxonga tortildi.
Ochilish marosimida chiqish qilganlar festival ahamiyati haqida fikr bildirdilar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda bundayin tadbirlarning ahamiyati kattaligini taʼkidladilar.
Aytish kerakki, stendlarda milliy madaniyat, xalqlarning oshxonalari ham tashkil etildi, sotuvlar yoʻlga qoʻyildi. Turli burchaklarda rasm va qoʻl mehnati boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.
12.11.2024