XABARLAR 2024
Oʻzbekistonning dunyoga tanilgan "Oʻzbegim yoshlari" musiqiy guruhining 20 yillik konsertida Ozarbayjon ham tamsil qilindi.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining qoʻllab-quvvatlashi bilan Toshkentda “Turkiston” konsert saroyida Oʻzbekistonning dunyoga taniqli “Oʻzbegim yoshlari” musiqiy guruhining 20 yilligi munosabati bilan katta konsert dasturi oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekistonning fan, madaniyat va sanʼat xodimlari, Ozarbayjon Madaniyat Markazi rahbarligi va hamkorlari, talabalar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston musiqalari bilan birga Ozarbayjon musiqalari ijro etildi. Oʻzbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov Ozarbayjonning buyuk baritoni, Ozarbayjon hamda SSSR xalq artisti Muslim Magomayev repertuaridan, xalqaro mukofotlar laureati Sarvinoz Kamolova Ozarbayjon, SSSR va Oʻzbekiston xalq artisti Zaynab Xanlarovaning qoʻshiqlaridan ijro etdilar.
Konsert dasturida Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Ozarbayjon" raqs ansambli milliy raqslarimizni ijro etdilar.
Aytish kerakki, "Oʻzbegim yoshlari" musiqiy guruhi dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida - Ozarbayjon, Amerika, Fransiya, Belgiya, Xitoy, Malayziya, Nikaragua, Italiya, Yaponiya, Meksika, Rossiya va boshqa oʻlkalarda oʻtkazilgan xalqaro festivallarda ishtirok etgan va koʻplab mukofotlarga loyiq koʻrilgan. Musiqa guruhi o‘zbek madaniyati va musiqasi bo‘yicha ajoyib taqdimotlar o‘tkazadi va guruh o‘zbek musiqasining barcha yo‘nalishlari, jumladan, vokal, estrada, maqom va sharq raqslarini qamrab oladi.
15.11.2024