Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

2024-yil O‘zbekiston matbuoti va ijtimoiyati o‘rtasida Ozarbayjonga doir tanlovning nominatsiyalari e’lon qilindi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2024-yil uchun O‘zbekiston matbuoti va ijtimoiyati o‘rtasida Ozarbayjon, shuningdek O‘zbekiston bilan tarixiy do‘stlik, hamkorlikka oid tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda turli aktual mavzular bo‘yicha nominatsiyalar belgilandi. Nominatsiyalar orasida Ozarbayjon-O‘zbekiston, Turkiy dunyo orasida tarixiy do‘stlik, hamkorlik, davlatlarimizning strategik ittifoqi mavzusi o‘rin olgan va bu mavzularda maqolalarga ustunlik berilishi nazarda tutilgan. Qayd etilgan mavzular bo‘yicha “Yilning televideniya ko‘rsatuvi”, “Yilning tarjima asari loyihasi”, “Yilning hujjatli filmi”, “Do‘stlik aloqalarini targ‘ib qilgan yilning eng faol ozarbayjonlik va o‘zbek xodimi”, “O‘zbek matbuotida do‘stligimiz, Ozarbayjon haqida eng ko‘p materiallar chop etgan matbuot (gazeta, jurnal, sayt, televideniya kanali, radio) lar, shuningdek O‘zbekistonda ozarbayjon tilining o‘rganilishi va targ‘iboti, Ozarbayjon tarixi, madaniyati, adabiyotiga oid yil loyihasi va boshqa mavzular bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi, turli nominatsiyalar asosida Ozarbayjon Madaniyat Markazining faxriy diplomi va pul mukofotiga sazovor bo‘ladilar.

2024-yilning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan “Yashil dunyo uchun birdamlik yili” deb e’lon qilinishi bilan bog‘liq Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan O‘zbekistonda davomli tadbir va loyihalarning amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu bilan bog‘liq, Markaz tanlovda matbuot uzra COP-29 Xalqaro ekologik tashkilotda Ozarbayjon roli, atrof-muhit muhofazasi va uni asrash, chiqindilardan xoli muhit va texnologiyalar, yashillikning asrab-avaylanishi, iqlim o‘zgarishlari mavzularida tashviqot qilgan maqolalarga ustunlik beriladi va bu mavzu bo‘yicha ham nominatsiyalar kiritilgandir.

Bilamizki, Islom dunyosi tahsil, ilm va madaniyat tashkiloti tomonidan Ozarbayjonning madaniyat poytaxti Shusha shahri 2024-yil uchun “Islom dunyosining madaniyat poytaxti” sifatida e’lon qilindi. Tanlovda ushbu munosabat bilan aloqador “Shusha – Islom dunyosining madaniyat poytaxti” nominatsiyasi ham o‘rin olgandir. Bu nominatsiya bo‘yicha Ozarbayjonning qadimiy shahri, Qorabog‘ markazi, madaniyat poytaxti Shusha shahri, uning tarixi, madaniyati, Prezident Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati, jasoratli Ozarbayjon armiyasining Shushani ozod qilishi, Shusha shahrining qisqa muddat davomida yangidan bunyod etilishi, ayni vaqtda tarixiy-madaniy yodgorliklar, obidalarning barpo etilib, foydalanishga berilishi borasida olib borilgan intensiv ishlar, Shushaning xalqaro tadbirlar o‘tkaziladigan joyga aylantirilishi va shu borada boshqa maqolalar asos qilib olinadi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi bilan bog‘liq bu yilgi tanlovda maxsus nominatsiya e’lon qilindi. Nominatsiyada yoshlarning milliy qadriyatlarga asoslangan holda intellektual kashfiyotlari, ularning ilm-fan, texnologiyalarni egallashi, biznes, innovatsiyalarning qo‘llab-quvvatlanishi mavzulariga katta ahamiyat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘zbek jurnalistlari an’anaviy tarzda har yili yoz oylarida Ozarbayjonga tashkil etilgan “Media-tur” da ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritadilar.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashkilotchiligi bilan o‘tkaziladigan bu “Media-tur” vaqtida O‘zbekistonning yetakchi media namoyandalari Ozarbayjon poytaxti Boku va respublikaning tarixiy qadamjolari, ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda bo‘lib, madaniyat, turizm makonlariga tashrif buyuradi va u yerda suratga olish ishlarini olib boradi, maxsus maqolalar tayyorlaydi.

Tanlov haqida toʻliq maʼlumotni Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining rasmiy sayti “Musoboqalar” boʻlimidan olishingiz mumkin.

01.02.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint