Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Yashil dunyo uchun birdamlik yili” doirasida COP29 ga bag‘ishlangan daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda Ozarbayjon Respublikasida 2024-yil “Yashil dunyo uchun birdamlik yili” doirasida COP29 ga bag‘ishlangan daraxt ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Mazkur universitetning birinchi prorektori Vahobjon Rajapov Boku shahrida bo‘lib o‘tgan COP29 yig‘ilishi haqida ma’lumot berib, unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva va boshqa shaxslar ham ishtirok etganini, Oʻzbekiston delegatsiyasi COP29 doirasida turli uchrashuvlar oʻtkazganini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, Ozarbayjonda o‘tkazilgan ushbu nufuzli tadbirda ko‘tarilgan iqlim va ekologiya masalalari O‘zbekiston uchun ham juda dolzarb bo‘lib, bu muammolarni hal etish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati tomonidan tegishli chora-tadbirlar va dasturlar amalga oshirilmoqda.

Keyinchalik so‘zga chiqqan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori o‘rinbosari Nodir Alimirzayev joriy yilda Ozarbayjonda o‘tkazilgan “Yashil dunyo uchun birdamlik yili” doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. N.Alimirzayev Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlariga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston bosqindan ozod qilingan zaminlarimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida yaqindan ishtirok etishini ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga COP29 doirasidagi tashrifi chog‘ida O‘zbekiston hukumati tomonidan Xonkandi shahrida videoaloqa orqali tashkil etilgan tikuvchilik fabrikasining ochilishi ana shu ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolardan jabr ko‘rayotgan davlatlardan biri ekanini ta’kidlagan N.Alimirzayev tabiatni muhofaza qilish va qayta tiklash muhim qadam ekanini, oliy ta’lim muassasasida talabalar ishtirokida o‘tkazilayotgan bugungi aksiyadan ko‘zlangan maqsad ham aholini ijtimoiy himoya qilishdan, yoshlarda tabiatga muhabbat uyg‘otish, ularning ekologiyani muhofaza qilish va tiklashda yaqindan ishtirok etishini ta’minlashdan iborat ekanligini ta’kidladi. N.Alimirzayev mazkur tadbirni COP29 tadbiri sanalarida o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi va bu O‘zbekiston jamiyati e’tiborini Ozarbayjonda va jahon miqyosida bo‘lib o‘tayotgan ushbu nufuzli tadbirga va ekologik muammolar hal etilishiga yana bir bor qaratish ekanini ta’kidladi.

“O‘zbekiston – Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov “Yashil dunyo uchun birdamlik yili” doirasida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu daraxt ekish aksiyasini yuqori baholadi. Bundayin chora-tadbirlar yosh avlod o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni sevish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri ekanini ta’kidladi.

Tadbir doirasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar natijasida iqlim o‘zgarishini aks ettiruvchi fotosuratlar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

So‘ngra markaz xodimlari, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ko‘chat ekish aksiyasida ishtirok etdilar.

20.11.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint