Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Ozarbayjonda anor festivali” nomli tadbir oʻtkazildi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon tilining oʻqitilishi va targʻiboti” loyihasi asosida va Diaspora bilan ishlash boʻyicha Davlat qoʻmitasining koʻmagi bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Turkshunoslik Oliy Maktabining Ozarbayjonshunoslik markazida “Ozarbayjonda anor festivali” nomli tadbir tashkil etildi.

Turkshunoslik Oliy Maktabi mudiri, dotsent Muhammadjon Oripov tadbirni ochib berib, Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalqlari oʻrtasidagi tarixan anʼanaviy doʻstlik va qardoshlik rishtalari mavjud boʻlganini taʼkidladi. Bugungi tadbir ham Ozarbayjon va Oʻzbekiston doʻstlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga zamin yaratajak.

Turkshunoslik Tadqiqot markazi mudiri, dotsent Jumali Shobanov bildirdiki, Turkiy davlatlar oʻrtasidagi strategik munosabatlar rivojlanib bormoqda va yanada mustahkamlanmoqda. Bu Ozarbayjon-Oʻzbekiston munosabatlarida yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Tadbir tashkilotchisi, Ozarbayjon tili oʻqitivchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Matonat Xudiyeva "Bugungi tadbir bejizga anorga bagʻishlanmadi. Anor Ozarbayjonda sevilgani kabi, Oʻzbekistonda ham seviladi. Ozarbayjonning hududi boʻlgan Goʻychayda har yili shu vaqtlarda anʼanaviy anor festivali oʻtkaziladi. Festivalda musiqiy chiqishlar, turli tanlovlar, rang-barang koʻrgazmalar, milliy folklorimizning boy namunalari, Ozarbayjon oshxonasi va anor mahsulotlari namoyish etiladi. Biz ham ushbu festivalning ob-havosini Ozarbayjonshunoslik Markazining auditoriyasida Sizga yetkazishga harakat qildik", - deya oʻz fikrlarini bildirdi.

Tadbirda oʻzbek talabalarining anor haqida maʼlumotlari, sheʼrlari qiziqish bilan tinglandi, anor shakli tasvirlangan rasmlar namoyish qilindi, shuningdek, Melisa Mustafoyevaning ijrosida Ozarbayjon raqsi "Tarakama" olqishlar ila qarshi olindi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlar, Ozarbayjon oshxonasining shoh taomi boʻlgan "Shoh palov" va milliy oshxonamizning anor bilan bogʻliq totli taomlariga taklif qilindilar. Toshkentdagi "Boku" restoranining bosh oshpazi Zaur Mirzayev Oʻzbek auditoriyasiga "Shoh palov" ning tayyorlanishi haqida maʼlumotlar berdi.

Tadbir davomida turli tanlovlar oʻtkazildi, gʻoliblar tashakkurnoma, Ozarbayjon-Oʻzbekiston lugʻat kitoblari, tanishuv kitoblar va turli sovgʻalar bilan mukofotlandilar. Tadbir "Oʻzbekiston 24" telekanalida va Oʻzbekistonning bir necha saytida yoritildi.

25.11.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint