Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda turkiy dunyo integratsiyasi muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


Toshkent Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti hamda Turon Fanlar akademiyasi hamkorligida “Turkiy tilli xalqlarning tarixi, ta’limi, madaniyati, tillari va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorligi istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy xalqaro konferensiya tashkil etildi. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, AQSH va boshqa mamlakatlardan olimlar ishtirok etgan konferensiyada O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ham ishtirok etdi.

Konferensiyani kirish so‘zi bilan ochgan universitet rektori, dotsent Shavkat Mavlamov do‘st va qardosh mamlakatlar olimlari ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil etilganidan mamnun ekanini alohida ta’kidlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi va Turkiy dunyoda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yaqinlashuv va integratsiya masalalariga to‘xtalib, bu kabi konferensiyalarning tashkil etilishi bu jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.

So‘ngra so‘zga chiqqan Turon Fanlar akademiyasi prezidenti, professor Haydarbek Bababekov bugungi kunda ildizi, tili, urf-odati, madaniyati bir bo‘lgan qardosh xalqlarni bir qoya ostida birlashishi bu xalqlarning rivoji yo‘lida g‘oyat muhim masala ekanini ta’kidladi.

Dotsent Sobir Tag‘iyev turkiy dunyoning qadimiy tarixiy izlari haqida gapirar ekan, Ozarbayjondagi qadimiy turk izlari va turkiy yodgorliklar haqida ma’lumot berdi. S.Tag‘iyev zamonaviy davrda yaqinlashuv va birlashishning eng muhim asoslaridan biri sifatida qadimiy mushtarak ildizlarimiz va tariximizni tadqiq etish muhimligini ta’kidladi. So‘ngra so‘zga chiqqan professor Baxtiyor Karimov turkiy dunyoda integratsiya masalalariga to‘xtalib, bu yo‘lda umumiy alifbo yo‘qligi asosiy muammolardan biri ekanini bildirib, bu borada olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimi, filologiya fanlari doktori Karimulla Mammadzoda turkiy dunyo integratsiyasi masalalari haqida gapirib, madaniy almashinuv muhimligini ta’kidlab, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan bu sohada amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi. Turkiy dunyoda integratsiyalashuvning asosiy muammolaridan biri umumiy muloqot tilining yo‘qligi ekanligini ta’kidlagan K.Mammadzoda bundan chiqish yo‘li yetakchi turkiy tillardan, ayniqsa, xalqaro konferensiyalarda faolroq foydalanish muhimligi haqida gapirdi.

Keyinroq so‘zga chiqqan dotsent F.Baitova (Qirg‘iziston), professor Asqar Zeynalov (Ozarbayjon), dotsent Sarvar Ispohiy (AQSh, onlayn), dotsent Jenisbek Duysheyev (Qirg‘iziston), professor S.Majitov (Qozog‘iston) va boshqalar Turkiy dunyoning tarixi, ta’limi, madaniyat, til va iqtisodiga oid masalalar haqida ma’ruza qildilar.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga professor Rahmonali Hasanov moderatorlik qildi va tanaffusdan so‘ng ma’ruzalar bilan davom etdi.

26.11.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint