XABARLAR 2024
Toshkentda ulugʻ yoʻlboshchining xotirasi yodga olindi.
Ulugʻ yoʻlboshchining xotira kuni munosabati bilan Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchixonasi va elchixona huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xodimlari Toshkentdagi Haydar Aliyev parkida ulugʻ yoʻlboshchining yodgorligi poyiga gulchambar va guldastalar qoʻydilar.
Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev umummilliy lider Haydar Aliyevning boy hayot yoʻli va faoliyati haqida maʼlumot berdi. Elchi ulugʻ yoʻlboshchi Haydar Aliyevning Ozarbayjon Kommunistik Partiyasi Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi boʻlib ishlashni boshlaganidan, Moskvadagi faoliyati va eng soʻnggida xalqning talabi bilan Bokuga qaytishi va mustaqil Ozarbayjon Prezidenti sifatida saylanishi, mamlakatimizni ogʻir balolardan xalos etgani haqida soʻz ochdi.
Zamonaviy Ozarbayjon meʼmori va bunyodkori boʻlmish Haydar Aliyevning oʻlkamizni dunyoga tanitganini bildirgan Husayn Guliyev ulugʻ yoʻlboshchining Ozarbayjonda ikkinchi marta hokimiyatga kelganidan keyin qisqa muddatda siyosiy va iqtisodiy islohotlar olib borganini, muvaffaqiyatli natijalar qilganini aytib oʻtdi. Elchi Ulugʻ yoʻlboshchining siyosiy kursisining munosib davomchisi Prezident Ilhom Aliyevning olib borayotgan ichki va tashqi siyosat, aholi oʻrtasida ijtimoiy vaziyatning yaxshilashuvi borasida koʻrilgan ishlar haqida ham soʻz yuritdi.
Elchi qayd etdiki, Oʻzbekiston-Ozarbayjon oʻrtasida doʻstlik munosabatlarining yoʻlga qoʻyilishi va kuchayishida Haydar Aliyevning alohida xizmatlari bor. Bir din, bir til, bir tarix va madaniyatga ega ikki qardosh xalq oʻrtasida munosabatlar hozirda yuksak darajadadir va bu sohada faoliyat davom etmoqda.
12.12.2024