Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Rimda Ozarbayjon Madaniyat Elchilari yig‘ilishi o‘tkazildi.


Dekabrning 18-kuni Italiyaning poytaxti Rimdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Ozarbayjon Madaniyat Elchilari yig‘ilishii bo‘lib o‘tdi. Tadbir Ozarbayjon Madaniyat vazirligining tashkilotchiligi, o‘lkamizning Italiyadagi elchixonasi va Diaspora bilan ishlash qo‘mitasining dastagi bilan o‘tkazildi. Yig‘ilishda avvalo, xalqaro tanlovlar laureati, dirijyor va bastakor Abuzar Manafzoda Ozarbayjon Respublikasining Davlat Madhiyasini kuyladi, so‘ngra videorolik namoyish etildi.

Yigi‘ilishda chiqish qilgan Ozarbayjonning Italiyadagi elchisi Rashod Aslanov mamlakatimizning san’at va madaniyat xodimlarini Rimda ko‘rayotganidan mamnunligini bildirdi. Elchi Ozarbayjonning Italiyadagi elchixonasi huzuridagi Madaniyat Markazining faoliyati haqida so‘z yuritdi. Ozarbayjonning Madaniyat vaziri Odil Karimli o‘z chiqishida tadbirda ishtirok qilganlarning har biri madaniyatimizning turli sohalari bo‘yicha alohida yutuqlari bilan ajralib turadigan, madaniyatimiz targ‘ibotiga hissa qo‘shayotgan, qayerda yashamasin, Ozarbayjon milliy o‘zligini namoyon qiluvchi qadrli yurtdoshlarimiz ekanini aytib o‘tdi. Vazir bu insonlarning Ozarbayjon va boy madaniyatning targ‘ibotiga qo‘shgan hissalari, Vatanga bo‘lgan sadoqati tahsinga sazovor ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv dunyodagi Ozarbayjonliklarning birdamlik kuni arafasida o‘tkazilishi alohida ma’noga ega ekanini bildirgan Odil Karimli bunday tadbirlar milliy birdamligimizni yanada mustahkamlashi, madaniyatimizning global miqyosda tanitilishiga yangi turtki bo‘lishi haqida ham gapirdi va bu birdamlik xalqaro hamjamiyat oldida madaniy qadriyatlarimizning taqdim etilishida muhim rol o‘ynashini bildirib o‘tdi.

Vazir Ozarbayjon madaniy merosining tarix bo‘yi davlat tomonidan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan asrab-avaylanganini, boyitilganini va kelajak avlodlarga yetkazilganini qayd etdi. Shuni ham ta’kidladiki, madaniyatimizning yuksalishiga alohida e’tibor qaratgan Umummilliy Lider Haydar Aliyev san’at xodimlarining salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xorijda tahsil olish orqali kasbiy mahoratlarini oshirishga hamisha katta ahamiyat bergan. Prezident Ilhom Aliyev tufayli madaniyatning rivoji davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi, shuningdek, prezident tomonidan mamlakatimizda madaniy merosning asrab-avaylanishi va targ‘iboti borasida izchil va samarali qadamlar qo‘yilmoqda.

Ozarbayjon madaniyatining himoyachisi, Birinchi vitse-prezident, Haydar Aliyev jamg‘armasining prezidenti Mehribon xonim Aliyevaning ijodkor insonlarga, shuningdek san’at xodimlariga ko‘rsatgan e’tibori, milliy madaniy qadriyatlarimizning xalqaro olamda tanitilishiga qo‘shgan hissalari madaniyat xazinamizning yanada boyishiga zamin yaratadi. Bu faol qo‘llab-quvvatlov natijasida Ozarbayjon madaniyati keng mintaqalarga yoyiladi, san’at namoyandalarimiz dunyoning mo‘tabar sahnalarida madaniyatimizni munosib targ‘ib qiladilar.

Diaspora bilan ishlash qo‘mitasi raisi Fuad Muradov Ozarbayjon Diasporasi faoliyati haqida gapirdi, xorijda yashagan yurtdoshlarimiz mamlakatimiz madaniyatining xalqaro maydonda targ‘ib qilinishida muhim rol o‘ynaganini bildirdi. Milliy Majlisning Madaniyat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gunay Afandiyeva majlisda istirok etgan madaniyat elchilarining Ozarbayjonning boy madaniy merosining targ‘ib etilishida alohida xizmatlari borligini qayd etdi. Keyin esa Ozarbayjon madaniyati va san’atiga doir videorolik namoysh etildi. Ozarbayjonning taniqli kino va teatr aktyori, Xizmat ko‘rsatgan san’at xodimi, Xalq artisti, rejissyor, Chuqurova universiteti professori Jahongir Navro‘zov, Ozarbayjon Bastakorlar Ittifoqi raisi, Xalq artisti Farangiz Alizoda, Fransiyadagi “Tog‘rul Narimonbayov” Assotsiatsiyasi rahbari Jamila Javodova-Spitsberg, Uzeyir Hojibeyli nomidagi Boku Musiqa Akademiyasi professori, Xalq artisti Yolchin Adigo‘zalov, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi kotibi, Xalq yozuvchisi Chingiz Abdullayev va Xalq artisti, taniqli kino va teatr aktyori, Faxriddin Manafov chiqish qilib, uchrashuvning ahamiyatini ta’kidladi, davlatimizning madaniyat va san’at vakillariga doimiy e’tiboridan so‘z yuritdilar. Oxirda esa esdalik uchun suratlar olindi.

19.12.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint