XABARLAR 2024
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi va tashkilotchiligi bilan Toshkent Pedagogika va Iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Toshkent Pedagogika va Iqtisodiyot universitetini ziyorat qilgan Ozarbayjon Madaniyat Markazi mazkur universitet bilan Ozarbayjon tili va adabiyoti o‘qitilishi, madaniyatining targ‘iboti, talaba-o‘qituvchi almashinuvi, birga ilmiy konferensiyalar, nashrlarning tashkil etilishi va boshqa masalalarda hamkorlik memorandum imzolandi.
Tadbirda chiqish qilgan Toshkent Pedagogika va Iqtisodiyot universiteti rektori, professor Shakarboy Joniqulov O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlik ular uchun juda muhim ekanini qayd etdi. Ushbu tashkilot bilan hamkorliklarining samarali ekanini bildirgan rektor Madaniyat Markazining ko‘magi bilan rahbarlik qilayotgan oliy ta’lim muassasasi orasida Ozarbayjonning bir necha universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolanganini va kelgusi yildan bu hamkorlik bo‘yicha amaliy ishlar qilinishini ta’kidladi. Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan universitetda tashkil etilgan tadbirlarni, kitob taqdmotlarini ham aytib o‘tgan rektor hamkorlik uchun Ozarbayjon Madaniyat Markaziga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Keyingi chiqish qilgan uchrashuv qatnashchisi Nodir Alimirzayev ikki mamlakat orasida mavjud madaniy, ilmiy aloqalarning mustahkamlanishida Ozarbayjon Madaniyat Markazining amalga oshirgan ishlaridan so‘z ochdi. Mamlakatning barcha hududlaridagi universitetlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini va O‘zbekistonning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida Ozarbayjon markazlari tashkil etilganini bildirgan N.Alimirzayev navbatdagi Ozarbayjonshunoslik markazining memorandum imzolagan Toshkent Pedagogika va Iqtisodiyot universitetida ochilishini bildirdi. Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan O‘zbekistonning ikki oliy ta’lim muassasasida Ozarbayjon tili va adabiyoti o‘qitilayotganini ta’kidlagan Nodir Alimirzayev yaqin orada Toshkent Pedagogika va Iqtisodiyot universitetida ham ona tilimizning o‘qitilishi boshlanishini qayd etdi.
Undan keyin ikki tashkilot o‘rtasida birga hamkorlik faoliyati bo‘yicha kelishuv memorandumi imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, birgalikda hamkorlik qilish faoliyati bo‘yicha kelishuv memorandum asosan Toshkent Pedagogika va Iqtisodiyot universitetida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjonshunoslik markazi tashkil qilinadi, Ozarbayjon tili va adabiyoti o‘qitiladi, birgalikda konferensiya, seminar va nashr loyihalarining, ushbu oliy ta’lim muassasasi bilan Ozarbayjondagi universitetlar o‘rtasida aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, talaba, o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi, qo‘llab-quvvatlaydi.
28.12.2024