Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning rahbarlik qilgan davlat vakillaridan iborat hay’at Ozarbayjonning Toshkentdagi elchixonasida bo‘ldi.


“Ozarbayjon Havo Yo‘llari”ning Boku-Grozniy reysida uchish qilayotgan yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan e’lon qilingan motam kuni tufayli mamlakatimizning O‘zbekistondagi elchixonasida davlat bayrog‘imiz yarmigacha tushirildi.

Motam kuni munosabati bilan dekabrning 26-27-kunlarida elchixonada xotira kitobi ochildi. O‘zbekistonning Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Parlamentining har ikki palatasidan raislari, parlament a’zolari dekabrning 27-kunida Ozarbayjonning Toshkentdagi elchixonasida bo‘ldilar. Bosh vazir Oqtov shahri yaqinida “Ozarbayjon Havo Yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli samolyotning halokati sababidan Ozarbayjon xalqiga chuqur qayg‘u ila hamdardlik bildirdi, hamdardlik kitobida yurak so‘zlarini yozib qoldirdi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva, O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik tashkilotlarining rahbarlari, O‘zbekiston fuqarolari, diasporamizning a’zolari yuz bergan fojia tufayli elchixonamizning oldiga gullar qo‘ydilar, hamdardlik kitobida dil so‘zlarini yozib qoldirdilar.

Motam kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining Toshkentda joylashgan binosida ham Ozarbayjon Davlat bayrog‘i yarmigacha tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, dekabrning 25-kunida Boku-Grozniy reysida uchish qilayotgan “Ozarbayjon Havo Yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli “Embraer 190” yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi natijasida ko‘plab insonlar talafoti oqibatida dekabrning 26-kunida Ozarbayjonda motam e’lon qilindi.

27.12.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint