XABARLAR 2024
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, mamlakatning hududlardagi markaziy kutubxonalariga Ozarbayjon haqidagi boy kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbyajon Madaniyat Markazi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Turon kutubxonasi va O‘zbekistonning hududlarida joylashgan 14 ta markaziy va yetakchi kutubxonalariga Ozarbayjonga oid boy kitob kolleksiyalarini sovg‘a qildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga 30 ta nusxa, Toshkent, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot kutubxona markazi, Qo‘qon shahridagi Amiriy kutubxonasi, har bir kutubxonaga jami 20 ta nomda, umumiy esa 400 nusxa kitob va elektron nashrlar sovg‘a qilindi.
Ushbu kitoblar to‘plamida Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyatiga oid Ozarbayjon, O‘zbek va Rus tillarida kitoblar, “Ozarbayjoncha-O‘zbekcha, O‘zbekcha-Ozarbayjoncha lug‘at”, so‘zlashuv kitoblari, darsliklar, elektron nashrlar, shuningdek, buyuk yo‘lboshchining nutqlaridan tanlab olingan 100 ta aforizmdan iborat “Haydar Aliyev – 100 hikmat” nomli uch tildagi nashr, O‘zbekistonda Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan 5 tilda nashr qilingan “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” nomli ensiklopedik nashr, o‘zbek tilida “Turkiy davlatlar birligi”, “Kitobi Dada Qo‘rqud”, “Ozarbyajon va o‘zbek xalq maqollari”, Ozarbayjon mumtoz adabiyotiga oid asarlar, zamonaviy Ozarbayjon adabiyotiga oid nashrlar ham o‘rin olgandir.
Joriy yilning 31-yanvar kunida Ozarbayjon haqidagi boy kitob kolleksiyasi O‘zbekistonning hududlardagi 14 ta markaziy kutubxonasiga yetkazib berish maqsadi bilan Alisher Navoy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga taqdim etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, sovg‘a qilingan ushbu nashrlarning Alisher Navoy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ko‘rgazmasi tashkil etilgan va ushbu nashrlar hududlardagi markaziy kutubxonalarga yetkazilishi uchun Milliy kutubxonaga taqdim etilgan.
08.02.2024