XABARLAR 2024
O‘zbekistonning Nukus davlat pedagogika universitetida ochilgan Husayn Jovid nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazida adabiyotimizga doir seminar tashkil etildi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi va loyihasi bilan O‘zbekistonning avtonom Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika universitetida ochilgan Husayn Jovid nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazida “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti” mavzusida seminarlar tashil etildi.
Husayn Jovid nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazida o‘tkazilgan seminarda Ozarbayjon va O‘zbek madaniy-adabiy aloqalari, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy o‘rtasidagi adabiy aloqalar, ularning ijoddagi ta’siri bilan Turkiy dunyo adabiyotida asarlar yaratgan shoirlar, adabiyotimizda turkiylik mafkurasi masalalariga oid fikrlar almashinuvi, muhokamalar olib borildi.
Nukus davlat pedagogika universitetida Husayn Jovid nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazining direktori Feruza Salomova seminarda talabalarga so‘nggi paytda O‘zbek-Ozarbayjon madaniy-adabiy aloqalari borasida amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. U Husayn Jovid nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markaziga O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjon adabiyotiga oid sovg‘a qilingan nashrlar haqida ma’ruza qildi, bir qancha qiziqarli kitoblarning muhokamasi qilindi, nashr etilgan kitoblar talabalarga sovg‘a qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Husayn Jovid nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazida doimo Ozarbayjon-O‘zbekiston adabiy aloqalariga doir muzokaralar, seminarlar tashkil etiladi, ikki xalqning mushtarak qadriyatlariga bag‘ishlangan ochiq darslar o‘tkaziladi. Markazda Ozarbayjonga doir kichik kutubxona ham tashkil qilinganki, bu yerda Ozarbayjon tarixi, madaniyati, adabiyoti, buyuk yo‘lboshchi Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati, Prezident Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan Ozarbayjonning iqtisodiy, siyosiy, madaniy yutuqlariga doir Ozarbayjon va O‘zbek tillarida chop etilgan adabiyotlar kitobxonlarga taqdim etiladi.
09.02.2024