Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning mashhur “Sevimli TV” telekanalida Ozarbayjon tuproqlarining ishg‘ol natijasida og‘ir ahvolga kelib qolgani haqida ko‘rsatuvlar namoyish etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan O‘zbekistonning “Sevimli TV” telekanali vakillarining Ozarbayjonga Media-tur safari tashkil etildi.

Media-tur doirasida “Sevimli TV” telekanalining jurnalistlari Ozarbayjonning Qorabog‘ hududidagi Ag‘dam tumani va Xo‘jali tumanining Asgaron qasabasida Armaniston tarafidan Ozarbayjon tuproqlari ishg‘olining og‘ir ahvolga kelib qolgani haqida ko‘rsatuv efirga uzatildi.

Ko‘rsatuvda taniqli jurnalist Nigora Elmurodova “Kavkazning Xirosimasi” deya nomlangan Ag‘damning tasvirlarini namoyish ettirib, Armanistonning bu hududlari 30 yilga yaqin ishg‘ol ostida saqlangani va mintaqani tamomila xarobalikka aylantirgani, shaharda butun infratuzilmaning vahshiylarcha mahv etilgani haqida gapirdi. Jurnalist bir paytlar Kavkazning gullab-yashnagan shahri bo‘lgan Ag‘damning tasvirlari insonni hasrat, dahshatga solishini alohida ta’kidladi. Ko‘rsatuvda Ozarbayjon hukumatining Qorabog‘ni jadal sur’atlarda barposiga va insonlarni avvalgi hayotiga qaytarilishiga alohida e’tibor qaratgani, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumotlar beriladi.

Efirga uzatilgan ko‘rsatuvda Ozarbayjonning Armaniston tomonidan ishg‘ol ostida bo‘lgan butun hududlarida madaniy merosning armanlar tomonidan yo‘q qilingani, masjidlar, muqaddas qadamjolarning tahqirlangani qayd etilgan.

Namoyish etilgan ko‘rsatuvda Ozarbayjon davlatining olib borayotgan bunyodkorlik ishlari, hududlarni minalardan tozalanishi bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar borasida ma’lumotlar berilgan.

“Sevimli TV” telekanalida namoyish qilingan ikkinchi ko‘rsatuv esa Xo‘jali qirg‘ini qurbonlarining navbatdagi ommaviy qabrini topishga bag‘ishlangan. Ko‘rsatuvda topilgan ommaviy qabristonda Birinchi Qorabog‘ urushida arman harbiy jinoyatkorlarining vahshiylarcha qatl qilingan insoni Ozarbayjon fuqarosi bo‘lgani qayd etiladi.

Asir va bedarak yo‘qolgan, garovga olingan fuqarolar bo‘yicha Davlat Komissiyasi Ishchi guruhi a’zosi Zaur Ismoilov “Sevimli TV” telekanaliga bergan intervyusida olib borilgan operatsiya tadbirlari jarayonida topilgan ommaviy qabristonda jasadlarning tinch aholiga tegishli ekani aniqlanganini bildirdi.

Qayd etilishicha, ular Xo‘jalidan Ag‘damga boradigan yo‘lda Askaron qal’asi yaqinida pistirmaga uchragan va o‘ldirilgan, jasadlari esa shu qal’aning yaqinidagi hududda ommaviy ko‘milgandir.

Ko‘rsatuvda Askaronda topilgan ommaviy qabriston aniqlangan ilk qabriston emasligi ta’kidlangan. 30 yildan keyin Armaniston ishg‘olidan ozod etilgan Ozarbayjon tuproqlarida Armaniston qurollilari tomonidan o‘ldirilgan tinch aholi dafn etilgan ko‘plab aniqlangan va aniqlanmagan qabristonlar mavjuddir.

14.02.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint