XABARLAR 2024
Ozarbayjonning ADA universiteti O‘zbekistonning oliy va o‘rta ta'lim muassasalarida ta'lim dasturlarini taqdim etajakdir.
Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida butun sohalarda aloqalar bo‘lgani kabi ta'lim sohasida ham hamkorlik aloqalari kuchayib bormoqda.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining qo‘llab-quvvatlashi bilan Ozarbayjonning nufuzli ADA universiteti 19-24-fevral kunlari O‘zbekistonning oliy va o‘rta ta'lim muassasalarida o‘z ta'lim dasturlarini taqdim etadi.
Hozirda ADA universiteti Ijtimoiy va Xalqaro munosabatlar, Huquqshunoslik, Biznes, Ta'lim, Dizayn va Me'morchilik, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati fakultetlarida bakalavriat va magistratura bosqichida tahsilni davom ettirish uchun ixtisosliklarni taklif qilmoqda.
Ushbu masala yuzasidan ADA universiteti mutaxassislaridan iborat vakillarning O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan oliy va o‘rta ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan uchrashuvlar va ko‘rgazmalarda ishtiroki rejalashtirilmoqda.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning tahsili ingliz va rus tillarida bo‘lgan maktablarning bitiruvchi o‘quvchilari uchun ADA universiteti bakalavriat tahsilining, oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari uchun esa magistratura tahsilining taqdimoti tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil 22-fevral kuni Toshkent shahrida International Hotel Tashkent (Toshkent xalqaro mehmonxonasi) da o‘tkaziladigan "Begin Edu Fairs" Xalqaro ta'lim ko‘rgazmasida ADA universiteti ham ishtirok etgan holda, o‘z ta'lim dasturlarini taqdim etadi.
16.02.2024