XABARLAR 2024
Samarqandda Ozarbayjon xalqining taniqli ma’rifatparvari, olim, jurnalist va tarjimon Said Rizo Alizodaning 137 yillik tavalludi
munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Samarqand shahrida ma’rifatparvar ziyoli, olim, jurnalist va tarjimon, ozarbayjonlik taniqli ijodkor Said Rizo Alizodaning tavalludiga 137 yil to‘layotgani munosabati bilan Samarqand viloyati rahbarligi, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimi Karimulla Mammadzoda, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi Farmon Toshev va maktab o‘quvchilari, ziyolilar, tuman jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Said Rizo Alizoda nomi berilgan Samarqand shahridagi 14-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbir buyuk ma’rifatparvar insonning ushbu tahsil muassasasida o‘rnatilgan byusti oldida uning xotirasini yodga olish bilan boshlandi.
Keyin maktabning katta zalida davom etgan tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov buyuk ma’rifatparvar, taniqli ozarbayjonlik Said Rizo Alizodaning O‘zbekiston tarixida iz qoldirgan ziyoli bir shaxs kabi qadrlanishini aytib, uning aziz xotirasi doimo hurmat-ehtirom bilan yodga olinishini ta’kidladi.
Keyinchalik chiqish qilgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimi Karimulla Mammadzoda ozarbayjonlik ma’rifatparvar, ziyoli inson bo‘lgan Said Rizo Alizodaning Markaziy Osiyo xalqlari orasida amalga oshirgan ma’rifatparvarlik ishlari haqida so‘z ochib, ilmli, tahsil ko‘rgan bir naslning yetishib chiqishida Ozarbayjon xalqining namoyandasi bo‘lgan bu ziyolining buyuk xizmatlari borligini ta’kidladi.
Said Rizo Alizodaning hayoti, ijodi va adabiy merosining tadqiqi, xotirasining abadiylashtirilishi borasida ko‘rilgan ishlar haqida so‘z ochgan K.Mammadzoda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi va loyihasi bilan Samarqand davlat universitetida Said Rizo Alizoda nomidagi Ozarbayjon Markazining ochilganini, Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkil etilgan Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stlik muzeyida esa uning byusti o‘rnatilganini, hayoti va ijodidan bahs yuritgan burchakning yaratilganini aytib o‘tib, bundan keyin ham buyuk ma’rifatparvar ziyolining yaratuvchanligi bilan bog‘liq bir qancha loyihalarning amalga oshirilishini bildirdi.
Chiqish qilgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining a’zosi, ayni paytda “Zarafshon” gazetasining bosh muharriri Farmon Toshev Said Rizo Alizodaning O‘zbekistonda milliy matbuotning rivojida buyuk xizmatlari bo‘lganini, Samarqandda gazeta va jurnallarning yaratilishida faol ishtirok etganini, “Samarqand” (hozirgi “Zarafshon”) gazetasining ilk muharriri bo‘lganini ta’kidlab aytdi.
Keyinchalik chiqish qilgan Said Rizo Alizodaning nabirasi Farhod Alizoda bobosining qoldirgan boy ilmiy-ma’rifiy merosidan so‘z ochib, uning achchiq taqdiri haqida gapirdi.
Maktab shogirdlarining Said Rizo Alizoda haqida tayyorlagan sahna ko‘rinishi va she’riy kompozitsiyasi katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Tadbir ishtirokchilari undan keyin Samarqand shahridagi Panjob qabristonida joylashgan qabrini Said Rizo Alizodaning ziyorat qilib, buyuk ziyolining yashagan uyida tashkil etilgan uy-muzeyiga ham tashrif buyurdilar.
So‘ngra Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan o‘lkamizga oid nashr etilgan kitoblar to‘plami Said Rizo Alizoda uy-muzeyidagi kutubxonaga sovg‘a qilindi.
16.02.2024