XABARLAR 2024
O‘zbekistonda Xo‘jali qirg‘ini haqida yozilgan poemaning taqdimoti va o‘zbek fotograflarining ozod qilingan Qorabog‘ haqidagi fotolaridan iborat ko‘rgazma tashkil etiladi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashkilotchiligi bilan Xo‘jali qirg‘iniga bag‘ishlangan “Malaklarning qirg‘ini” nomli poemaning va o‘zbekistonlik mashhur fotomuxbir Husniddin Atoyevning Ozarbayjonga, Qorabog‘ga tashkillashtirilgan media-tur safari davomida tasvirga olgan suratlaridan iborat “Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh” nomli fotolar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ushbu tadbir 20-fevral kuni Toshkent shahridagi tarixiy Turon kutubxonasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2020-yilning fevral oyida “Qorabog‘ Ozarbayjon madaniyatining beshigidir” nomli tanlovni e’lon qilgan edi va ushbu tanlovning g‘oliblari bo‘lgan marhum O‘qtoy Ismoyillining “Malaklarning qirg‘ini” va O‘zbekistonning taniqli shoirasi, yozuvchi, publitsisti Xosiyat Rustamning yozgan “Ismi Lola edi u qizning” poemalari dunyo yuzini ko‘rgan edi. Ushbu poemalar Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan o‘zbek va ozarbayjon tillariga tarjima qilinib, chop etilgan edi.
“Malaklarning qirg‘ini” nomli poemaning taqdimoti bilan birga, Turon kutubxonasida O‘zbekistonning taniqli fotomuxbiri Husniddin Atoyevning “Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh” nomli fotolar ko‘rgazmasi ham namoyish etiladi. Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazmada namoyish etiladigan fotolar O‘zbekiston jurnalistlarining Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan ishg‘oldan ozod etilgan tuproqlarga tashkil etilgan media-tur doirasida Husniddin Atoyevning suratga olgan kadrlaridir. Suratlarda Ag‘dam, Shusha, Fuzuliy shaharlarining, qishloq va qasabalarimizning arman bosqini natijasida vayron etilgan, xarobaga aylantirilgan vaziyati va ishg‘oldan keyin ushbu hududlarda Ozarbayjon hukumati tomonidan olib borilgan bunyodkorlik ishlari aks etgandir.
Joriy yilning 26-fevraliga qadar Toshkent shahridagi Turon kutubxonasida ushbu ko‘rgazma namoyishining davom etishi rejalashtirilgan.
19.02.2024