Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Xo‘jali qirg‘iniga bag‘ishlangan tadbir va ushbu mavzuda yozilgan “Malaklarning qirg‘ini” she’riy dostonining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.


Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi, ushbu tashkilotning qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi bilan Toshkent shahridagi tarixiy “Turon” kutubxonasida Xo‘jali qirg‘ini qurbonlarining aziz xotirasiga bag‘ishlangan xotira tadbiri va ozarbayjonlik marhum shoir O‘qtoy Ismoyillining “Malaklarning qirg‘ini” nomli poemasining taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, o‘lkamizning va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonalari diplomatlari, O‘zbekistonning fan, madaniyat va san’at xodimlari, olimlar, universitetlarning professor-o‘qituvchilari, talabalar va jurnalistlar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar eng avval Xo‘jali fojiasi, Qorabog‘ mojarosi bilan bog‘liq kitob va suratlardan iborat ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdilar.

Olim va tarjimon Boboxon Sharif Xo‘jali fojiasi haqida ma’lumot berib, qirg‘inni so‘nggi o‘n yilliklarda Turk dunyosining eng unutilmas, eng katta fojiasi deb baholadi.

Elchi Husayn Guliyev chiqishida 32 yil avval – 25-fevraldan 26-fevralga o‘tar kechasi Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan amalga oshirilgan qirg‘in haqida so‘z ochib, Xo‘jali shahrini qamal qilgan arman ishg‘olchilari shahar aholisini, keksalar, ayollar, bolalarni beayov qatl qilganini, qatli bedodlar uyushtirganini gapirdi. Elchi o‘sha paytlari Qizil Xoch Qo‘mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar vositasida kelishuvga erishilganiga va tinch aholining chiqib ketishi uchun maxsus dahlizning yaratilgani borasida rozilik olinganiga qaramasdan, armanlarning bu dahlizdan foydalanishga imkon bermaganini va ular tomonidan keksalar, ayollar, bolalar o‘qqa tutilganini aytib berdi.

Husayn Guliyev yana bir narsani aytib o‘tdi: britaniyalik jurnalist Tomas de Vaalning “Xo‘jalida nima sodir bo‘ldi?” savoliga Armaniston sobiq Prezidenti, Xo‘jali fojiasida yovuzlik qilganlardan biri Sarj Sarkisyan g‘urur bilan shunday javob qaytaradi: “Xo‘jali fojiasigacha ozarbayjonliklar biz bilan hazillashish mumkin deb bilardilar, armanlar tinch aholiga qo‘l ko‘tarolmaydi deb xotirjam edilar. Lekin biz ularning bu fikrini yo‘qqa chiqardik, bu stereotipni buzishga muvaffaq bo‘ldik. Qarang, bu hodisa o‘sha yerda sodir bo‘ldi”.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov insoniyat nomiga qarshi dog‘ bo‘lgan XX asrning dahshatli qirg‘ini, qatli bedodi Xo‘jali fojiasi haqida so‘z ochib, uni Xatin, Xolokost, Ruanda, Srebnitsa kabi qirg‘inlardan farqlanmaganini aytib o‘tdi. Diplomat bu dahshatli insoniyat dramasiga jahon davlatlarining huquqiy baho berishi muhim ekanligini va bir qancha davlatlar parlamentlarining Xo‘jali qirg‘inini tan olishi adolatning tiklanishiga xizmat qilganligini ta’kidlab aytdi. Samir Abbasov 2002-yil Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyevning Xo‘jali qirg‘iniga 10 yil to‘layotgani munosabati bilan Ozarbayjon xalqiga qilgan murojaatini eslab, quyidagi fikrlarni keltirib o‘tdi: “Xo‘jali fojiasi 200 yilga yaqin arman shovinist-millatchilari tarafidan ozarbayjonliklarga qarshi tizimli shaklda amalga oshirilgan etnik tozalash va qirg‘in siyosatining davomidir”. Diplomat Madaniyat Markazining loyihasi asosida chop etilgan va qatli bedodga bag‘ishlangan marhum ozarbayjonlik shoir O‘qtoy Ismoyillining “Malaklarning qirg‘ini” nomli she’riy dostoni haqida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbek olimi, dotsenti Adxambek Alimbekov, “Kitob dunyosi” gazetasining bosh muharriri, shoira Xosiyat Rustam, tarixchi olim Shuhrat Barlos, siyosatshunoslik bo‘yicha doktor Mahmud Yuldashev va boshqalar Xo‘jali qirg‘ini, armanlar tajovuzi haqida o‘z fikrlarini tadbir ishtirokchilari bilan bo‘lishdilar.

Ishtirokchilar Armanistonning ishg‘olchilik siyosatidan so‘z yuritib, shoir O‘qtoy Ismoyillining “Malaklarning qirg‘ini” she’riy dostoni Ozarbayjon xalqining boshiga kelgan musibatlarini, Armanistonning bosqinchilik va qirg‘in siyosatini adabiyotning, poeziyaning tili bilan dunyoga yetkazishda muhim asar ekanini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, poemada “Ulug‘ madaniyat beshigi – Ozarbayjon”, “Xo‘jaliga olib borgan yo‘l”, “Ozarbayjon onalarining tarbiyasi”, “Arman onasining tarbiyasi”, “Qiyomatning boshlanishi”, “Qarg‘a uyasi”, “Jannatda uchrashamiz”, “Mahshar”, “Xo‘jali olov ichida”, “Bobakning ikkinchi qatl qilinishi”, “Zanjirlangan go‘dak”, “Xo‘jali samosida ruhlar suhbati” va boshqa bo‘limlarida dahshatli sahnalar qayta jonlantirilgandir.

Shoir O‘qtoy Ismoyilli “Malaklarning qirg‘ini” va O‘zbekistonning taniqli shoirasi Xosiyat Rustam “Ismi Lola edi u qizning” poemalari bilan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Qorabog‘ – Ozarbayjon madaniyati beshigidir” nomli loyihasi asosida e’lon qilingan she’rlar tanlovining g‘oliblari bo‘lgan edilar.

Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari, shuningdek Boku Slavyan universitetining Nizomiy Ganjaviy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida akademik almashinuv bo‘yicha tajriba orttirayotgan talabalari Xo‘jali fojiasi bilan bog‘liq badiiy kompozitsiyalarini tadbir ishtirokchilarining e’tiboriga taqdim etdilar.

23.02.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint