Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda “Bu shaharda”ning konserti oʻtkazildi.


Ozarbayjon Diaspora bilan Ishlash Davlat Qoʻmitasi, Oʻzbekistondagi elchixonamiz va uning tasarrufidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi koʻmagida Toshkent shahrida “Bu shaharda”ning “Kamar” nomli konserti oʻtkazildi.

Konsertda Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Huseyn Quliyev, Oʻzbekistonning ilm, madaniyat va sanʼat xodimlari, qardosh oʻzbek xalqining namoyandalari ishtirok etdi.

Konsert boshlovchisi Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan artist Rashod Ilyosov “Bu shaharda” jamoasi haqida maʼlumot berdi. Konsert davomida Rashod Ilyosovning sahna chiqishlari oralig‘ida kuylagan ozarbayjon, turk va o‘zbek tillaridagi qo‘shiqlari konsertga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan artistlar Rafael Iskandarov va Joʻshqin Rahimov “Millionerlar oʻyini”, “Susen sunbul”, “Toʻy” hamda boshqa sahna chiqishlar namoyish etib, tomoshabinlar olqishlariga sazovor boʻlishdi.

“Bu shaharda”ning direktori va ssenariy muallifi Mushfiq Abbosovning aytishicha, 2000-yili tashkil etilgan “Bu shaharda” jamoasi hozirga qadar Bokuda, shuningdek, bir qator mamlakatlarda 400 dan ortiq konsert dasturi tashkil qilgan. Ozarbayjon telekanallarida o‘nlab konsert dasturlari namoyish etilgan.

Soʻnggi 2-3 yilda Germaniya, Shvetsiya, Rossiya va Oʻzbekistonda konsertlar uyushtirildi. Joriy yil davomida Angliya, Latviya, Qozog‘iston, Gruziya hamda O‘zbekistonda konsertlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

29.02.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint