XABARLAR 2024
O'zbekistonda “Ozarbayjon xalqining G'arbiy Ozarbayjonda yaratilgan madaniy merosi va obidalar” nomli tadbir va “Nasil daraxti” hujjatli
filmining taqdimoti o'tkazildi.
O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida “Ozarbayjon xalqining G'arbiy Ozarbayjonda yaratilgan madaniy meros va obidalar” nomli tadbir, ko'rgazma va “Nasil daraxti” hujjatli filmining taqdimoti o'tkazildi.
Tadbirda O'zbekiston yashovchi ozarbayjonlar, G'arbiy Ozarbayjon tashkiloti rahbariyati, qardosh o'lkaning madaniyat, ta'lim, jamoat xodimlari, universitet talabalari ishtirok etishdi. Film taqdimotidan avval Ozarbayjon Madaniyat Markazining foyesida "Ozarbayjon xalqining G'arbiy Ozarbayjonda yaratilgan madaniy meros va obidalar" nomli fotoko'rgazma tashkil etildi. Fotosuratlarda G'arbiy Ozarbayjon tuprog'ida Ozarbayjon tarixi, diniy obidalari, Irevan, Go'yche, Zangazur, Daralayiz va boshqa vaqtda xalqimiz tarafidan yaratilgan madaniy meros namunalari o'z aksini topgan.
Madaniyat Markazining konferensiya zalida kirish so'zi bilan chiqish qilgan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon xalqining azaliy Ozarbayjon tuproqlari bo'lgan G'arbiy Ozarbayjon tuproqlarida ming yillar mobaynida yaratilgan buyuk madaniyat va madaniy meros namunalari haqida so'zlab, armanlarning boshqa kuchlarning qo'llovi bilan bir asrda 4 marta G'arbiy Ozarbayjon tuproqlaridan yurtdoshlarimizni deportatsiya qilishi, ularning o'z yerlaridan quvilishi kabi tarixiy adolatsizlik haqida ham to'xtaldi. U Ozarbayjon Prezidentining bu mavzuda keltirgan so'zlaridan iqtiboslar keltirib, G'arbiy Ozarbayjonliklarni o'z yurtlarini tashlab ketishga majbur bo'lganliklarini bildirdi. Ularning huquqlari poymol qilinib, ular o'z Ona tuproqlariga qayta olmadilar. Biz bu huquqlarimizni sulh yo'li bilan hal qilishni istaymiz va butun xalqaro konvensiyalar bu huquqni tan oladi. Samir Abbasov yakunda yurtdoshlarimizni qachon bo'lsa-da o'z ona tuproqlariga qaytajagiga ishonishini bildirdi.
Shundan so'ng G'arbiy ozarbayjonliklarning kindik qoni to'kilgan tuproqlarga qaytishi mavzusiga bag'ishlangan hamda ta'sischisi "Ozarbayjon Jurnalistlar Yig'ilishi" Ijtimoiy Birligi bo'lgan "Nasl daraxti" hujjatli filmining yaratilishi haqida so'z bordi.
Filmning ssenariy muallifi Ayaz Mirzayev va prodyuser Elnur Niftaliyevga film namoyishi uchun minnatdorchilik bildirildi. So'ngra "Nasl daraxti" hujjatli filmi namoyish qilindi. G'arbiy Ozarbayjonning qadim tarixi, etnogragiyasi, oshxonasi, taniqli shaxslari orqali suratga olingan filmda XX asrda hozirgi Armaniston tuprog'idan, o'z yurtlaridan 4 martta deportatsiyaga uchragan ozarbayjonlik aholining og'ir va fojiali hayoti o'z aksini topgan.
Yakunda chiqish qilgan O'zbekistonda G'arbiy Ozarbayjondan bo'lgan jamoat namoyandalari ozarbayjonliklarning o'z qarindoshlarining qaytishi, ularning haqlari va huquqlari ekanini qayd etib, ming yillar davomida bu tuproqlarda ming yillim buyuk tarix yaratilganini ta'kidladi.
"Nasl daraxti" hujjatli filmining O'zbekistondagi namoyishi doirasida hujjatli filmning yaratilishi ila O'zbekiston Nodavlat Notijorat Tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasida tadbir uyushtirildi.
"Nasl daraxti" filmi Ozarbayjon Respublikasining Nodavlat Notijorat Tashkilotlariga Davlat ko'magi bilan hayotga kechirilgan " Vatanimizga qaytishni istaymiz" nomli hujjatli film loyihasi doirasida tayyorlandi.
07.03.2024