Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekcha Vikipediyada Zangazur haqida yangi maqola yaratildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining yana bir yangi loyihasi asosida Vikipediya xalqaro elektron ensiklopediyasida XX asr boshlarida xorijning harbiy-siyosiy ko‘mak berishi bilan Armanistonga birlashtirilgan Ozarbayjon hududi bo‘lgan Zangazur tumani haqida yangi maqola yaratildi.

Yaratilgan maqolada qayd etiladiki, Zangazur tumani Armaniston va Ozarbayjon hududlarining bir qismini qamrab olgan tarixiy hududdir. Zangazur toponimi (toponim - joy nomi degan ma’noni bildiradi) haqida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Zangi” - qadimgi turkiy qabilaning nomidir va bugungi kunda ham hududdagi ayrim geografik joy nomlarining kelib chiqishi turkiylarga borib taqaladi.

Maqolaning “Tarix” bo‘limida arxiv hujjatlari va boshqa tarixiy faktlar haqida maʼlumotlar beriladi. 1905-1907-yillar, shuningdek 1918-1920-yillar davomida armanliklar to‘dasi tomonidan Zangazurning ozarbayjonliklar yashaydigan qishloqlariga qurolli hujumlar uyushtirilgan va bu hujumlar natijasida 100 dan ortiq qishloq talon-taroj etilgan, o‘t qo‘yilgan va Yer yuzidan yo‘q qilingan.

Maqolada 1920-yilning 18-avgust sanasida Rossiya Kafqaz Byurosining Ozarbayjon Bolshevik rahbariyati roziligisiz Naxchivon (joy nomi) ning Sharur-Daralayaz hududini Armanistonga berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani, Qorabog‘ va Zangazur hududlarining esa Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasida “bahsli hududlar” sifatida e’lon qilinishi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, ushbu maqolada keyinchalik Ozarbayjon Kommunistik Partiyasi Siyosiy va Tashkilot Byurosining umumiy yig‘ilishining qarori bilan Zangazurning Armanistonga berilishi qabul qilingani ham yoritilgan.

Maqolada 1988-yilda G‘arbiy Ozarbayjon (hozirgi Armaniston) faqatgina Zangazurlik emas, Go‘ycha, Daralayaz va Iravon tumanlari aholisining o‘z ota-bobolari yurtlaridan quvg‘in qilingani va terrorga uchragani, shuningdek tarixiy obidalarning vayron qilingani haqida ham gap boradi.

Vikimaqolada Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning “Bizning ota-bobolarimiz tuprog‘i bo‘lgan Iravon xonligi, Zangazur tumani va boshqa tuproqlar endi Armaniston davlati uchun tuproq bo‘ldi. Bu hududlar bizning tarixiy tuproqlarimizdir, ammo biz Armanistonga qarshi tuproq uchun da’vo qilmaymiz, lekin qo‘limizdan keladi. Chunki, hozirgi Armanistonning joylashgan hududi qadim turkiy Ozarbayjonning tuproqlaridir”, - deya bildirgan fikri ham o‘rin olgandir.

Yaratilgan o‘zbekcha maqolada tarixiy hujjatlarga murojaat etiladi va Fransiyaning “L'OEuvre jurnali” da 1920-yilning 14-iyul kunida bosilgan maqolaning fotoshakli (surati) ham aks etgan. Ushbu jurnalda chop etilgan maqolada esa Sovet Rossiyasi bilan Armaniston Respublikasi o‘rtasida 1920-yilning 1-iyul sanasida imzolangan shartnomaga ko‘ra Ozarbayjon hududi bo‘lgan Zangazur mintaqasining Armanistonga berilishi fakti ham keltirilgan.

O‘zbek tilida yaratilgan vikimaqolaning “Zangazur yo‘lagi” nomli bo‘limida esa Zangazur yo‘lagi haqida ham ma’lumot berilgan.

Bunda shu narsa qayd etiladiki, 2020-yilning 27-sentabrida boshlangan va 44 kun davom etgan Ikkinchi Qorabog‘ urushida Ozarbayjonning qo‘lga kiritgan buyuk g‘alabasining ahamiyatli natijalaridan biri bu - Naxchivondan Ozarbayjonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri boradigan Zangazur yo‘lagining ochilishi masalasidir. Yaratilgan o‘zbekcha maqolada 2020-yilning 10-noyabrida Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston rahbarlari o‘rtasida imzolangan uch tomonlama Bayonotning faqatgina harbiy amaliyotlarning to‘xtatilishi emas, balki Janubiy Kafkazda Armanistonning deyarli 30 yil davomidagi ishg‘olchi siyosati natijasida hududda cheklangan iqtisodiyot va transport aloqalarining barposi, inkishofi va bu borada global loyihalarning amalga oshirilishi uchun huquqiy zamin yaratgani ham aks ettirilgan.

Vikimaqolaning “Iqtisodiy afzalliklar” bo‘limida Zangazur yo‘lagining imkon qadar katta iqtisodiy potensialga va tabiiy resurslarga egaligi, mintaqalararo iqtisodiy va turizm aloqalarining yanada jadal sur’atlardagi inkishofiga yo‘l ochgani ham qayd etilgan. Bu yerda e’tibor qaratiladiki, ushbu loyiha umumiy hisobda 1,1 trillion dollardan ortiq miqdorda bo‘lgan turkiy davlatlarni birlashtirgan strategik va iqtisodiy vazifani amalga oshiradi va regiondagi o‘lkalar uchun qo‘shimcha ustunliklar yaratadi.

Yaratilgan ushbu maqolada 2021-yil 26-oktabrda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog‘anning Zangazur yo‘lagi barposi uchun bunyodkorlik ishlarining tamal toshini qo‘yish marosimida ishtiroklari, arman ishg‘olchilaridan ozod etilgan hududda Horadiz-Jabroyil-Zangilon-Og‘band avtomobil yo‘lining, ya’ni Zangazur yo‘lagining asosini tashkil qilgan yo‘lning ochilishi haqida ma’lumotlar va fotosuratlar ham o‘z aksini topgandir.

16.01.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint