XABARLAR 2024
O‘zbekistonning Al-Beruniy xalqaro maktabida o‘tkazilgan “Xalqaro kun” tadbirida Ozarbayjon vakillari ham ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Al-Beruniy xalqaro maktabida "Xalqaro kun" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Eron, Misr, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Indoneziya, Tojikiston, Ukraina va boshqa mamlakatlarning stendlari namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘z mamlakatlarining tarixi, madaniyati, milliy oshxonasini targ‘ib etdilar.
Ushbu tadbirda mamlakatimiz nomidan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ishtirok etdi.
Ozarbayjon haqidagi burchakda tashkil etilgan suvenirlar, milliy oshxonamizga oid namunalar burchakka kelgan ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu burchakda Ozarbayjon ayollari va erkaklarining milliy kiyimlari, shuningdek namoyish etilgan nashrlar orasida o‘lkamizning tarixi, madaniyati, turistik salohiyati, adabiyotiga oid Ozarbayjon Madaniyat Markazining o‘zbek tilida nashr ettirgan kitoblari, shuningdek o‘lkamiz haqida Haydar Aliyev Fondi tomonidan chop etilgan kitoblar ham o‘rin olgandir.
Ozarbayjon burchagida palov, do‘lma, shuningdek shakarbura, pahlava va boshqa shirinliklarimiz ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.
Tadbirning konsert dasturida Ozarbayjon Madaniyat Markazining qoshida faoliyat ko‘rsatadigan Kaykep Aliyeva nomidagi raqs ansamblining a'zolari milliy raqslarimizni ijro etishdi va ularning ushbu chiqishi gulduros qarsaklarga sabab bo‘ldi.
15.03.2024