XABARLAR 2024
Oʻzbekistonda oʻtkazilgan "Lazgi" raqs festivalida
Ozarbayjon birinchi oʻringa loyiq deb topildi.
Oʻzbekistonning qadim Xiva shahridagi mashhur Ichan qalʼa majmuasidagi Koʻhna Ark maydonida Ikkinchi Xalqaro "Lazgi" raqs festivali yakunlandi.
Tadbirda Oʻzbekistondan boshqa AQSH, Turkiya, Eron, Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Hindiston, Misr, Tojikiston, Yaponiya, Braziliya, Bulgʻoriston va boshqa mamlakatlardan kelgan 200 dan ziyod raqqosa, sozanda, musiqashunoslar qatnashdi.
Umumiy aytganda, tadbirda 33 oʻlkaning musiqachilari ishtirok etdilar. Tadbirda Oʻzbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, mamlakatning ilm, madaniyat va sanʼat xodimlari ham qatnashdilar.
Ushbu festivalda Ozarbayjon nomini Xalq artisti Rufat Xalilzodaning rahbarlik qilgan Ozarbayjon Davlat Raqs ansambli munosib himoya qildi.
Musiqa festivalining soʻnggi kuni oʻtkazilgan gala-konsertda gʻoliblarning nomlari eʼlon qilindi. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati boshqarmasi ansambli festivalning bosh mukofoti - Gran-Prini qoʻlga kiritdi. Birinchi oʻrinni esa Ozarbayjon Davlat Raqs ansambli, Oʻzbekiston va Qozogʻiston musiqiy jamoalari egalladilar. Ikkinchi oʻrinni Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston jamoalari egalladilar. Turkiya, Qirgʻiziston, Braziliya, Ispaniya va Oʻzbekiston jamoalari esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Xorijdan kelgan musiqiy jamoalar esa ragʻbatlantiruvchi sovrinlar bilan taqdirlandi.
Festival doirasida raqs sanʼatiga bagʻishlangan koʻrgazmalar, milliy liboslar, hunarmandchilik namunalarining namoyishi, kitob yarmarkasi va boshqa tadbirlar ham oʻtkazildi.
Aytish mumkinki, Oʻzbekistonning mashhur "Lazgi" Xorazm raqsi 3000 yillik tarixga ega va "Lazgi" raqsi 2019-yilda YUNESKO tashkilotining nomoddiy-madaniy meros roʻyxatiga kiritilgandir.
"Lazgi" raqs festivali har ikki yilda tashkil etiladi va III Xalqaro "Lazgi" raqs festivali Turkiyada oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
30.04.2024