XABARLAR 2024
O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Boysun Bahori” xalqaro folklor festivalida
Ozarbayjon ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimiyati, mamlakatning Turizm qo‘mitasi, YUNESKO va TURKSOY tashkilotlarining qo‘llab-quvvatlovi bilan viloyatning Boysun tumanida yettinchi “Boysun Bahori” folklor festivali o‘tkazildi.
Festivalni tashkil etishdan asosiy maqsad faqat O‘zbekistonda emas, dunyoning boshqa o‘lkalarida ham saqlab kelinayotgan o‘tmish merosini tanishtirmoq va taqdim qilmoqdir.
Go‘zallik va san’at bayramida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan kelgan musiqiy jamoalar, shuningdek, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Bulg‘oriston, Ruminiya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, jami dunyoning 16 ta mamlakatidan taklif qilingan folklorshunoslar, madaniyat va san’at xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ushbu festivalda Ozarbayjon nomidan ishtirok etdi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, festivalda Markazning adminstratori Yusuf Mammadov, baxshilar Ali Zaynalobdinov, Afsona Karimli va Aliyor Husaynov ham musiqiy bayramda qatnashdilar.
Ozarbayjon san’atkorlari bir qancha xalq qo‘shiqlarimizni ijro etdilar, soz chaldilar. Ularning ushbu chiqishi ko‘plab tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Festival doirasida milliy kiyimlar, musiqa asboblari, milliy taomlar, xalq san’ati namunalari, tasviriy san’at asarlaridan iborat ko‘rgazmalar tashkil etildi, ochiq maydonda tanlovlar o‘tkazildi. Mehmonlar Boysun hunarmandlarining to‘qigan gilamlari, tayyorlagan xalq cholg‘u asboblari – do‘mbira, chanqovuz, sibizg‘a va boshqa asboblar bilan yaqindan tanishdilar. Festival davomida hunarmandlarning qo‘l ishlarini tayyorlash texnologiyasini o‘rganish maqsadida mahorat darslari ham tashkil etildi.
“Boysun Bahori” folklor festivalining so‘nggida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi festivalning sertifikati bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi “Boysun Bahori” folklor festivali 2002-yilda o‘tkazilgan. 2008-yilda esa Boysun madaniyati YUNESKO tashkilotining Insoniyatning nomoddiy-madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgandir.
06.05.2024