XABARLAR 2024
O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Biz bir Yer avlodlarimiz” nomli tadbirda Ozarbayjon davlati vakillari ham ishtirok etdi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Biz bir Yer avlodlarimiz” nomli tadbir o‘tkazildi.
Xalqlar do‘stligiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan diplomatik tashkilotlar, turli xalqlarga oid madaniyat markazlarining vakillari, jurnalistlar, yozuvchilar, universitetning o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi mamlakatimizni tamsil qildi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Azamat Eshonqulov tadbir ishtirokchilari va mehmonlarni samimiy qutlab, O‘zbekistonda yashagan xalqlar o‘rtasidagi tinchlik va bag‘rikenglik mamlakat ichki siyosatining asosini tashkil etishi haqida so‘z yuritdi. Bu xususiyat mamlakatning faxrlanadigan jihati ekanini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi vakili Yusuf Mammadov o‘z chiqishida Ozarbayjon va O‘zbekiston ko‘plab o‘rtoq jihatlarga ega qardosh o‘lkalar ekanini aytib, ayniqsa, Ozarbayjonda turli millatlarning va turli diniy konfessiya namoyandalarining bag‘rikenglik, multikultural qadriyatlarga hurmat, tinchlik, farovonlik, osoyishtalik sharoitida yashashlari haqidagi faktni alohida ta’kidladi. Yusuf Mammadov o‘ziga xos madaniyatni yaratgan Ozarbayjon xalqi boshqa xalqlarning ham madaniyatiga hurmat bilan qarashini qayd etib o‘tdi.
Keyin O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Gulamdon Tog‘ayeva chiqish qilib, do‘stlik, vatanparvarlik haqida she’rlar o‘qidi.
Shuni aytish kerakki, tadbir davomida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan ishtirokchilar va mehmonlar uchun o‘lkamizning madaniyati, adabiyoti, san’atini aks ettirgan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada shuningdek Ozarbayjon hunarmandlarining yog‘och, keramika va boshqa materiallardan tayyorlagan milliy suvenirlari ham namoyish etildi.
Tadbirning badiiy qismida turli mamlakat namoyandalari milliy raqslar va qo‘shiqlar bilan chiqish qildilar. Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi “Ozarbayjon” raqs ansambli a’zolari ham milliy raqslarimizni ijro etdilar.
Tadbirdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Faxriy farmon va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
16.05.2024