Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda oʻtkazilgan "Xalqlarning madaniy anʼanalari va oshxonasi" nomli xalqaro festivalda Ozarbayjon davlati ham ishtirok etdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Toshkentning Talabalar shaharchasi parkida tashkil etilgan "Xalqlarning madaniy anʼanalari va oshxonasi" nomli xalqaro festivalda Ozarbayjon davlati ham ishtirok etdi.

Festivalda Oʻzbekistondagi turli mamlakatlarning elchilari, diplomatlari, xalqaro tashkilotlarning namoyandalari, jamoat vakillari, Oʻzbekistonda yashaydigan ozarbayjonliklar, jurnalistlar, Toshkent shahar aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda Turkiya, Qozogʻiston, Jazoir, Rossiya, Eron, Belarus, Bangladesh, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning Oʻzbekistondagi elchixonalari va madaniyat markazlari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon davlati nomidan ishtirok etgan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon milliy stendini, milliy burchagini tashkil etdilar. Ozarbayjon uchun ajratilgan burchakda oʻlkamizning bayrogʻi, ulugʻ yoʻlboshchi Haydar Aliyev hayoti va faoliyati, Prezident Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan mamlakatimizning iqtisodiy rivojidan bahs yuritgan kitoblar, Haydar Aliyev jamgʻarmasi tomonidan rus va ingliz tillarida chop etilgan nashrlar, Ozarbayjonning tarixi va madaniyati, milliy oshxonasi bilan bogʻliq asarlar namoyish etildi. Festivalda Ozarbayjon madaniyatiga oid suvenirlar, Qorabogʻning erkaklar va ayollar kiyadigan milliy kiyimlari ishtirokchilarning eʼtiborini jalb etdi. Ozarbayjon burchagiga kelganlarga oʻlkamizning madaniyati, oshxonasiga mansub turli mazmundagi kitob va jurnallar sovgʻa qilindi.

Festivalda ishtirok etgan mamlakatlar oʻz xalqlarining madaniyatini, qoʻshiq va raqslarini, milliy taom namunalarini namoyish etishdi. Festival doirasida tashkillashtirilgan konsertda Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi raqs ansambli aʼzolari milliy raqslarimizni ijro etdilar. Festivalda faol ishtiroki uchun Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi maxsus Diplom bilan taqdirlandi.

Shuni taʼkidlash lozimki, Xalqaro oshxona festivalida sotuvi yoʻlga qoʻyilgan taomlardan, suvenirlardan kelgan tushumlar yoki shu tushumlarga olingan sovgʻalar Oʻzbekistonda jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar internat-maktablariga topshiriladi.

20.05.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint