XABARLAR 2024
Oʻzbekistonda Ozarbayjon Mustaqillik kuni nishonlandi.
Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchixonasi va uning huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Toshkentdagi “Radisson Blu” mehmonxonasida 28-may Ozarbayjon Mustaqilligi kuni munosabati bilan rasmiy qabul tashkil qildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, Sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisi Ahliman Amiraslanov, Milliy Majlis deputati, Ozarbayjon Oqsoqollar kengashi raisi Eldor Guliyev, Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan elchilar va xalqaro tashkilotlarning vakillari, davlat tashkilotlari, jamoat tashkilotlarining rahbarlari, fan, madaniyat va sanʼat xodimlari, yurtdoshlarimiz, jurnalistlar ishtirok etdilar.
Marosimda dastavval Ozarbayjon va Oʻzbekiston madhiyalari yangradi.
Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev mehmonlarni samimiy qutlab, 28-may kunida Ozarbayjon Xalq Respublikasi tashkil etilganiga 106 yil toʻlayotganini aytdi. Sharqda ilk Demokratik Respublika boʻlgan Ozarbayjon Xalq Respublikasi 1918-yil 28-mayda tashkil qilingan.
Elchi Ozarbayjon Xalq Respublikasining faoliyati va qisqa muddatda amalga oshirgan ishlari haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Diplomat ushbu Ozarbayjon Xalq Respublikasi mavjud boʻlgan 23 oy ichida davlat, armiya tashkil qilinishi va demokratik qadriyatlarning tatbiqiy sohalarida koʻrilgan ishlar haqida gapirdi. Bildirildiki, qisqa vaqt davomida Ozarbayjon davlati chegaralari muayyanlashtirildi, gerbi, bayrogʻi va madhiyasi qabul qilindi, mamlakatda yashagan barcha millatlarga teng huquqlar berildi, Ozarbayjon tili davlat tili sifatida eʼlon qilindi, qoʻshni davlatlar bilan, shuningdek Yevropa va Amerika qitʼasining 20 ta oʻlkasi bilan diplomatik aloqalar yoʻlga qoʻyildi.
"1991-yili oʻz mustaqilligini yangidan barpo qilgan Ozarbayjon xalqi umummilliy lideri Haydar Aliyevning olib borgan muvaffaqiyatli siyosati natijasida demokratik va huquqiy davlat qurilishida buyuk yutuqlarga erishdi, neft strategiyasi amalga oshirilishi boshlandi, suveren Ozarbayjonning dinamik yuksalishining asosi qoʻyildi. Ozarbayjon oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgach, qisqa vaqt mobaynida oʻlkamiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Qoʻshilmaslik Harakati, Islom Hamkorlik Tashkiloti va bir qancha boshqa xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, shuningdek ikki yil BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzosi boʻlgan", - deya bildirib oʻtdi elchi Husayn Guliyev.
Eʼtiborli jihati shundaki, Ozarbayjon asrlar davomida turli madaniyat va dinlar kesishgan chorrahada joylashgan bir oʻlkadir. Buning natijasida, oʻlkamizda bagʻrikenglik, tolerantlik va multikulturalistik qadriyatlar hamisha oldingi oʻrinda boʻlgan. 1993-yilda dunyoga mashhur siyosatchi Haydar Aliyev xalqning talabi bilan siyosiy hokimiyatga qaytgach, ilk navbatda vatandosh urushining oldi olindi.
Ulugʻ yoʻlboshchi Haydar Aliyevning siyosiy ishini davom ettirgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning olib borgan islohotlari oʻzining muvaffaqiyatli natijasini koʻrsatganini taʼkidlagan elchi 44 kunlik Vatan urushida qoʻlga kiritgan Gʻalabamizdan ham soʻz ochdi.
Shu narsa taʼkidlandiki, 30 yilga yaqin ishgʻol ostida qolgan tuproqlarimiz Prezident, Oliy Bosh Qoʻmondon Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan shonli Armiyamiz tomonidan ozod etildi.
Ozarbayjon-Oʻzbekiston aloqalaridan ham soʻz ochgan diplomat hamkorligimiz yuksak darajada ekanini taʼkidladi.
Keyin esa mehmonlar uchun ziyofat tashkil etildi, Ozarbayjon oshxonasining milliy taomlari taqdim qilindi va Ozarbayjonning qoʻlga kiritgan yutuqlari, mamlakatimizning qadam ranjida qiladigan joylari, turizm imkonlari, tarixiy obidalari aks ettirilgan videorolik namoyish qilindi.
25.05.2024