Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjonlik olim O‘zbekistonda “Ozarbayjon xalqining G‘arbiy Ozarbayjonda yaratgan moddiy-madaniy va adabiy merosi” mavzusida ma’ruza o‘qidi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashkilotchiligi bilan Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot Institutining direktor o‘rinbosari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Mehman Hasanli tomonidan O‘zbekistonning Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Ozarbayjon xalqining G‘arbiy Ozarbayjonda yaratgan moddiy-madaniy va adabiy merosi” mavzusida yuqori bosqich talabalari uchun ma’ruza o‘qildi.

Ma’ruzada Ozarbayjon xalqining boy madaniy, adabiy merosi haqida ma’lumotlar talabalarning e’tiboriga taqdim etildi. Ma’ruzada, ayniqsa Ozarbayjon xalqining G‘arbiy Ozarbayjonda tarix davomida yaratgan moddiy-madaniy, adabiy merosi, madaniyat namunalari, adabiy jarayonning yuksalishi haqida talabalarga batafsil ma’lumotlar berildi. Mehman Hasanli shuni ham ta’kidladiki, arman tajovuzi natijasida tarixiy ota-bobolarimiz yurti bo‘lgan G‘arbiy Ozarbayjonda yashagan xalqimiz ko‘chirib yuborilganidan keyin u yerda Ozarbayjon xalqi tomonidan yuz yillar davomida yaratilgan moddiy-madaniy merosimiz ham vandalizmga, vayronagarchilikka yuz tutdi. Shunday qilib, ozarbayjonliklar tomonidan barpo etilgan tarixiy binolar, yodgorliklar mahv qilindi, Ozarbayjon xalqi izlarini o‘chirishga harakat qilindi. Holbuki u tuproqlarning har qarichida xalqimizning o‘chmaz izlari bordir va buning eng yaqqol namunasi esa bizga doir joy nomlarining, toponimlarning hali ham o‘z o‘rnida ishlatilishidir. G‘arbiy Ozarbayjondan ko‘chirib yuborilgan yurtdoshlarimiz dunyoning turli o‘lkalarida yashamoqdadirlar va ular tarixiy ota-bobo yurtlaridan uzoqda hayot kechirsalar ham hamisha o‘z tarixiy tuproqlariga qaytishi kunini kutadilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan doimiy o‘laroq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ushbu mavzuda ma’ruzalarning tashkil qilinishi davom ettiriladi.

29.05.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint