Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekcha Vikipediya sahifasida Molla Panoh Voqif
haqida maqola yaratildi.


O‘zbekcha Vikipediya sahifasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining Vikipediya volontyorlari tomonidan XVIII asrda yashagan Ozarbayjon shoiri, Qorabog‘ xonining vaziri, buyuk davlat arbobi Molla Panoh Voqif haqida yangi maqola yaratildi.

Yaratilgan maqolada ziyoli bir shaxs bo‘lgani uchun xalq orasida “Molla” nomini olgan Voqifning ijodiy merosi bugungi kunga qadar to‘liq yetib kelmagan bo‘lsa-da, shoir asarlarining mavzusi, g‘oyaviy mazmuni, badiiy xususiyatlarini bilib olish mumkinligi qayd etilgan. Molla Panoh Voqif Ozarbayjon xalqining o‘rta asr an’analari ruhida she’rlar yozgan va yangi tipdagi realistik, xalq og‘zaki ijodiga yaqin bo‘lgan, o‘zining ijodi bilan Ozarbayjon she’riyatining kelajakdagi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan shoirlardan biri ekanligi alohida ta’kidlanadi.

“Ijodiy faoliyat” bo‘limida shoir ijodining badiiy xususiyatlari haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan va buning natijasida Molla Panoh Voqif qalamga olgan asosiy mavzu va janrlar haqida ma’lumotlar berilgandir. Voqif lirikasining asosiy xususiyatlari milliylik, reallik, soddalik va nekbinlikdir. Qolaversa, shoir mumtoz poetikaning an’anaviy janrlarini yangi janrlar bilan almashtirgan, ifoda uslubini yangilagan, badiiy uslubni o‘zgartirgan va uning ijodida muhabbat lirikasi asosiy o‘rinni egallaydi.

“Meros” bo‘limida esa Ozarbayjon adabiy merosining himoya qilinib saqlanishiga jonkuyarlik bilan e’tibor qaratgan Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyev ko‘rsatmasi bilan Molla Panoh Voqif maqbarasining bunyod etilishi va boshqa ma’lumotlar haqida gap boradi.

Ozarbayjon davlatining doim Molla Panoh Voqif ijodiga muhim e’tibor qaratgani qayd etilgan bo‘limda TURKSOY Madaniyat Vazirlari doimiy kengashining 2016-yil dekabrda Shakidda o‘tkazilgan 34-yig‘ilishida 2017-yilning “Molla Panoh Voqif yili” sifatida e’lon qilinishi haqida qaror qabul qilingani va shoir tavalludining 300 yilligini keng nishonlash munosabati bilan 2017-yil yanvar oyining 12-kunida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qaror imzolangani yozilgan.

Maqolada Molla Panoh Voqifning muzey-maqbarasi haqida ma'lumotlar o‘rin olgandir va Voqifning xotirasi abadiylashtirilishi uchun davlat tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar haqida ham ma'lumotlar berilgandir. Eslatib o‘tamiz, Sovet davrida o‘lkamizga rahbarlik qilgan va doim madaniyatga, adabiyotga yuksak e'tibor qaratgan Ozarbayjon xalqining Umummiliy lideri Haydar Aliyev Ozarbayjonning uch mashhur adibi, shoiri - Nizomiy Ganjaviy, Molla Panoh Voqif va Husayn Jovidning mozorlari ustida maqbara qurilishiga erishdi. Maqolada Haydar Aliyev Shushada paytida Voqifning mozorini ziyorat qilishni istasa ham imkon topa olmaydi. Uning topshirig‘iga binoan mozor topilgan, vayrona holga kelib qolgan mozorni ziyorat qilgan buyuk yo‘lboshchi keyinchalik farmon asosida Voqifning mozori ustidan yodgorlik va qabr qurilishiga erishadi. 1982-yilning yanvarida esa buyuk yo‘lboshchi Haydar Aliyevning ishtirokida Molla Panoh Voqifning Shushada maqbarasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 1992-yilning 8-mayida Armanistonning qurolli kuchlari Shushani ishg‘ol qilarkan, madaniyat obidalariga qarshi vandalizm harakatlarini amalga oshirgan, Shusha shahridagi Voqif maqbarasini ham vayron qilingan. 2020-yil 44 kunlik Vatan urushi, Ozarbayjon armiyasining shonli g‘alabasi va Shushaning ozod etilishidan so‘ngra, 39 yil avval otasi bilan birga 14-yanvarda Shusha shahriga tashrifi davomida maqbarani ziyorat qilgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev maqbaraning ochilishi kuni ta'mirlash ishlarini boshlashga doir topshiriq bergan va maqbara Haydar Aliyev fondi loyihasi asosida yangidan qurilgandir.

1992-yilning 8-mayida Armanistonning qurolli kuchlari birlashmalari Shushani ishg‘ol qilganidan keyin madaniyat namunalariga qarshi vandalizm harakatlarini amalga oshirgan, Shusha shahridagi Voqif maqbarasini ham vayron qilganlar. Ozarbayjon armiyasining zafarli g‘alabasidan so‘ng 14-yanvar kunida Shusha shahriga qilgan safari davomida maqbarani ziyorat etgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev maqbaraning ta’mirlash, qayta barpo qilish ishlariga doir topshiriq bergan va maqbara Haydar Aliyev fondining loyihasi asosida yangidan qurilgandir.

2021-yil 29-avgustda Shusha shahrida buyuk shoir va davlat arbobi Molla Panoh Voqif muzey-maqbara kompleksi ta’mirlash va yangidan qurish ishlaridan keyin foydalanishga topshirilgan va bu tarixiy hodisada Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva ishtirok etganlar.

“Wikipedia” Xalqaro Elektron Ensiklopediyasida “Molla Panoh Voqif” haqidagi o‘zbek tilida yozilgan maqola bilan havolasi orqali tanishib olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoning eng katta ma'lumot bazasi sifatida millionlab insonlar murojaat qiladigan ilk manba va ko‘p tillarda mavjud bo‘lgan "Wikipedia.org" Xalqaro Elektron ensiklopediyasida monitoring o‘tkazilgandir. Monitoring natijasida Ozarbayjonga oid o‘zbek tilidagi ma'lumotlar oz ekanligi, shuningdek bor ma'lumotlar to‘liq va obyektiv emasligini e'tiborga olgan holda, Markazning qoshida tashkil etilgan va so‘nggi 5 yil ichida olib borilgan ishlar natijasida o‘lka davlatchiligi, tarixi, madaniyati, adabiyoti, taniqli shaxslarga oid yuzlab maqolalar yozilib, Xalqaro Elektron Ensiklopediyaga joylashtirilgandir. Yaratilgan maqolalar Ozarbayjon Madaniyat Markazining saytida joylashtirilgandir.

24.01.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint