XABARLAR 2024
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ozarbayjon burchagining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda o‘tkazilgan Ozarbayjon Madaniyati kunlari doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ozarbayjon burchagining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Farid Jafarov chiqish qilib, xalqlarimizning qadim tarixga molik milliy odat va an’analarga ega ekanligini qayd etdi. Har ikki mamlakatning Milliy kutubxonalari o‘rtasida o‘zaro aloqalardan so‘z ochgan vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ochilgan Ozarbayjon burchagining katta ahamiyat kasb etishini bildirdi.
Marosimda chiqish qilgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva kutubxonada Ozarbayjon burchagining ochilishini jamoa va kitobxonlar uchun tarixiy hodisa sifatida baholadi.
Kutubxonaning fondida Ozarbayjonga oid ko‘plab nashrlarning saqlanganini o‘z nutqida aytgan direktor doimiy burchakda namoyish etilgan kitob, jurnal va boshqa chop etilgan mahsulotlarning qardosh o‘lkaning tarix va madaniyatining, adabiyotining targ‘iboti uchun katta imkoniyatlar berishini ta’kidladi.
Umida Teshaboyeva qo‘shimcha tarzda shuni ham aytdiki, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ozarbayjonga doir 5000 dan ortiq kitob mavjuddir va ularning soni yildan yilga oshib borajak.
Mirzo Fatali Oxundzoda nomidagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasining direktori, professor Karim Tohirov O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan aloqalarning yildan yilga kengayotgani haqida gapirdi.
Qayd etildiki, Ozarbayjon Milliy kutubxonasida O‘zbekiston burchagi 2019-yilda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida Milliy kutubxonada O‘zbekistonning taniqli shoir va yozuvchilarining, mutafakkirlarining yubileylari bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazildi, kitob taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Bildirildiki, yaratilgan yangi Ozarbayjon burchagida 300 ga yaqin nomdagi nashrlar o‘rin olgan. O‘zbek kitobxonlari bu yerda Haydar Aliyev jamg‘armasi tomonidan nashr qilingan, mamlakatimizning tarixi, madaniyati, adabiyoti va zamonaviy inkishofi, shuningdek, 44 kunlik Vatan urushida shonli G‘alabamiz bilan bog‘liq batafsil ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Chiqishlardan keyin tadbir ishtirokchilari Ozarbayjon burchagidan joy olgan kitoblar bilan yaqindan tanishdilar.
11.06.2024