XABARLAR 2024
Ozarbayjon va O‘zbekiston madaniyat vazirlari Toshkentda uchrashishdi.
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Ozarbayjon Madaniyati kunlari doirasida ikki o‘lkaning madaniyat vazirlari Ozodbek Nazarbekov bilan Odil Karimli o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida o‘tkazilgan uchrashuvda ozarbayjonlik hamkorini salomlagan Ozodbek Nazarbekov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Ozarbayjon Madaniyati kunlarining ahamiyatini alohida ta’kidladi. Ozarbayjonning madaniyat va san’at xodimlarini yana o‘lkasida ko‘rayotganligidan mamnun ekanligini bildirgan vazir o‘zbek xalqining Ozarbayjon madaniyatiga hamisha sevgi va hurmat bilan qarashini bildirdi.
Ikki tomonlama uchrashuvga va Ozarbayjon delegatsiya a’zolariga qilingan yuksak mehmondo‘stlik uchun tashakkurini bildirgan Odil Karimli o‘lkamizdan san’at ustalarining O‘zbekistonga sevgi va havas bilan kelganliklarini bildirdi.
Qayd etildiki, Ozarbayjon madaniyat vazirining O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi qardosh o‘lkaning davlat rahbari Ozarbayjon bilan munosabatlarga katta e’tibor qaratishining va madaniyatimizga bo‘lgan rag‘batning yorqin namunasidir. Shu narsa bildirildiki, uchrashuv vaqtida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan madaniy loyihalarning birga amalga oshirilishining ahamiyati ta’kidlandi, buyuk O‘zbek va Ozarbayjon shoirlari – Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliyga bag‘ishlangan filmning suratga olinishi bilan bog‘liq taklif o‘rtaga qo‘yildi.
Vazirlarning uchrashuvida davlat rahbarining bu taklifi bilan bog‘liq muzokaralar qilindi.
Suhbat vaqtida ikkala tomon uchun ham qiziqish uyg‘otgan boshqa masalalar atrofida fikrlar almashinuvi olib borildi.
11.06.2024