Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Muhammad Fuzuliy va Alisher Navoiy: mushtarak adabiy-ma’naviy qadriyatlarimiz” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.


Toshkentda Ozarbayjon Madaniyati kunlari doirasida 11-iyun kunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosida “Muhammad Fuzuliy va Alisher Navoiy: mushtarak adabiy-ma’naviy qadriyatlarimiz” mavzusida konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda Ozarbayjonning buyuk shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliyning 530 yillik tavalludi munosabati bilan so‘z ustasi asarlarining o‘zbek tilidagi ikki jildlik kulliyotining taqdimoti o‘tkazildi. Ikki jildlik kitob Toshkentda faoliyat ko‘rsatuvchi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi asosida dunyo yuzini ko‘rdi.

Konferensiyada Ozarbayjon Madaniyat vaziri Odil Karimli, O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Xalq shoiri Sirojiddin Said va ikki o‘lkaning taniqli adabiyot, madaniyat xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Xalq shoiri Sirojiddin Said mamlakatida Ozarbayjon Madaniyat kunlarining o‘tkazilishi, ayni vaqtda, adabiy aloqalarning yuksalishi uchun katta imkoniyatlar berishini aytib o‘tdi.

Ozarbayjonning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviyning ijodidan ilhomlangan Alisher Navoiy umumturkiy adabiy fikr inkishofiga ta’sir ko‘rsatgani, xalqlarimiz orasida adabiy-madaniy ko‘prik rolini bajargani alohida bildirildi.

S.Said 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” antologiyasining yuzaga kelishi uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov chiqish qilib, Ozarbayjon delegatsiyasini salomladi. Ozarbayjon bilan O‘zbekiston o‘rtasida adabiy-madaniy aloqalarning yuksalayotganidan mamnun ekanini bildirgan vazir har ikki haftada yo O‘zbekistonda, yo Ozarbayjonda ikki qardosh xalqning adabiyoti, madaniyati va fan bilan bog‘liq turli tadbirlar o‘tkazilishi haqida so‘z ochdi. Har bir tadbir xaqlarimizni yanada yaqinlashtiradi. Vazir o‘tgan yili Bokuda O‘zbekiston Madaniyati kunlarining yuksak darajada o‘tkazilganini aytib, Ozarbayjon Madaniyati kunlari ham a’lo darajada o‘tkazilishini bildirdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri Odil Karimli o‘z chiqishida konferensiya ishtirokchilarini salomlagan holda shuni bildirdiki, madaniyat kunlari tadbirlarining adabiyotga doir konferensiya bilan boshlanishi tasodif emas. Chunki Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy munosabatlar o‘rta asrlardan beri davom etib kelayotgan munosabatlarga asoslanadi.

Ikki o‘lka orasida madaniy aloqalarning yuksalishida davlat rahbarlarimiz do‘stligining va o‘zaro ishonchga asoslangan muvaffaqiyatli siyosatining muhim rol o‘ynaganini aytgan vazir bu sohada siyosatning davomli bo‘lishiga amin ekanini bildirdi. Qayd etildiki, Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi mamlakatlarimiz o‘rtasida adabiy-madaniy aloqalarning yuksalishida muhim rol o‘ynaydi.

Muhammad Fuzuliy kulliyotining o‘zbek tilidagi nashrini yuksak baholagan Odil Karimli ushbu ikki jildlik kitob daho shoirning O‘zbekistonda yanada yaqindan tanilishi uchun vosita bo‘lishi haqida ham gapirdi.

Vazir 2021-yilda Ozarbayjonning madaniyat poytaxti Shushada Ozarbayjon va O‘zbekiston yosh ijodkorlarining ishtirokida “Majlisi-faromushon” adabiy majlisining bir qancha yillardan keyin qayta tashkil qilinganini o‘lkalarimizning adabiy aloqalariga yangi, muhim imkoniyat sifatida baholadi.

Undan keyin konferensiyada adabiyotshunos, professor Nurboy Jabborov, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, akademik Nizomiy Jafarov, shoir, tarjimon Mirzo Kenjabek, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi kotibi Salim Bobulla o‘g‘li va Ozarbayjon Fanlar akademiyasining akademik Ziyo Bunyodov nomidagi Sharqshunoslik institutining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Ruhangiz Jumshudlining ma’ruzalari tinglandi.

Qayd etildiki, Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy faqat ikki xalqning emas, balki umumturkiy adabiy-madaniy tushunchalarning yuksalishida muhim rol o‘ynaganlar.
Keyin esa ma’ruzalar atrofida chiqishlar bo‘ldi.
Tadbirda Ozarbayjon san’at ustalarining ishtirokida adabiy-badiiy kompozitsiya ham namoyish etildi.

11.06.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint