XABARLAR 2024
O‘zbekiston Forumlar Saroyida Ozarbayjon Madaniyati kunlarining gala-konserti bo‘lib o‘tdi.
Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tashkilotchiligi bilan O‘zbekistonda Ozarbayjon Madaniyati kunlari o‘tkazildi.
11-iyun kunida Toshkentdagi O‘zbekiston Forumlar Saroyida Ozarbayjon Madaniyati kunlarining gala-konserti bo‘lib o‘tdi. Oqshomda har ikki davlatning madaniyat vazirlari Odil Karimli, Ozodbek Nazarbekov va boshqa rasmiylar, taniqli madaniyat va san’at xodimlari, Ozarbayjon musiqasining, maqomining shinavandasi bo‘lgan yuzlab tooshabin ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari dastavval muhtasham Forumlar saroyining foyesida taqdim etilgan milliy shirinliklarimizga taklif etildilar. Mehmonlar shakarbura, bodombura, paxlava va boshqa shirinlik turlaridan ta’tib ko‘rishdi.
Gala-konsertdan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov sahnaga chiqib, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning tabrik maktubini o‘qib eshittirdi.
Maktubda O‘zbekiston va Ozarbayjonning do‘stlik va qardoshlik aloqalaridan so‘z yuritilib, ikki mamlakatning madaniyati va san’atining xalqlarimiz orasida aloqalarning mustahkamlanishida alohida o‘rni borligi ta’kidlangan.
Keyin esa tantanali konsert dasturi boshlandi.
Dastavval Hazrat Azizlining ijrosida “Bayoti-Shiroz” maqomi, “Notiq” ritm guruhi va “Mirvoriy” raqs ansamblining kmpozitsiyasi yuksak jo‘shqinlik bilan qarshi olindi.
Xizmat ko‘rsatgan artist, torchi Sohib Poshozoda “Chahorgoh rapsodiyasi” va “Andijon polkasi” musiqasini, xonanda Olmaxonim Ahmadli “Ranjima, kel” qo‘shig‘ini ijro etdilar.
Keyin esa xalq artisti mansum Ibrahimovning rahbarlik qilgan “Qorabog‘” maqom guruhi “Musiqiy chalangi”, Xizmat ko‘rsatgan artist Nigor Shabanova “Sen kelmas bo‘lding”, Ofoq Abbasova “Boku” qo‘shig‘ini, Ozarbayjon davlat raqs ansambli “Uzundara”, “Gaytog‘i” va “Zangazur yallasi” raqslarini ijro etdilar. O‘zbek xonandasi, ikki o‘lkaning Xalq artisti Nasiba Abdullayeva “Qorabog‘”, Xalq artisti Gulyanoq Mammadova “Ulug‘imsan Vatanim”, Oshiq Samira va Oshiq Ali “Oshiq havolari”, Xalq artisti Zulfiya Xonboboyeva “Shushaning tog‘lari”, Xalq artisti Ozar Zeynalov “Shukriyya”, ofoq Abbasova va Ozar Zeynalov “Arshin mol olan” operettasidan duet, Ozod Shabanov “Qaynona” filmidan “Popuri” va boshqa musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Konsertning yakunida barcha ishtirokchilar Rauf Hojiyevning “Ozarbayjon” qo‘shig‘ini birgalikda ijro etdilar.
Zalning oyoqqa turib olqishlagan qo‘shig‘i ijrosidan keyin vazirlar Odil Karimli va Ozodbek Nazarbekov sahnaga chiqib, xonandalar bilan ko‘rishdi, muvaffaqiyatli ijrolar munosabati bilan ularni tabrikladilar.
Konsert yakunida esdalik suratlari olindi.
12.06.2024