Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Sanʼat durdonalarida yashagan Ozarbayjon milliy merosi” nomli koʻrgazma ochildi.


Oʻzbekistonda oʻtkazilgan Ozarbayjon Madaniyati kunlari doirasida 12-iyun kuni Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida "Sanʼat durdonalarida yashagan Ozarbayjon milliy merosi" nomli koʻrgazmaning ochilishi boʻlib oʻtdi. Marosimda Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli, Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, ikki oʻlkaning taniqli madaniyat, sanʼat va fan xodimlari hamda qardosh oʻlkaning jamoat vakillari ishtirok etishdi.

Koʻrgazmaning birinchi qismi Ozarbayjon milliy sanʼat muzeyida saqlanayotgan Ozarbayjon grafikasi asoschisi Azim Azimzodaning XX asrning boshlarida yaratgan asarlarini oʻz ichiga qamrab oladi. Grafik asarlarning badiiy talqini muzey fondining unikal eksponatlari asosida ishlab chiqilgan.

Shuningdek, soʻnggi 20 yil davomida toʻplangan shaxsiy kolleksiyadan 27 tasi XVIII-XX asrlarga oid boʻlgan kalagʻayi ham taqdim etildi, "Ozarxolcha" (Ozargilam) ASC gilamlari namoyish etildi.

Galereyaning 2-qavatdagi foyesida qurama (quroqchilik), zargarlik, misgarlik, vitraj boʻyicha qoʻl ishlari koʻrgazmaga qoʻyildi. Hunarmandlar hunarmandchilik buyumlari namunalarining tayyorlanish jarayonini koʻrgazmali tarzda namoyish etdilar.

Anʼanalarning yashashi gʻoyasi ushbu makonda taqdim qilingan "Oddiy shahar" nomli fotokoʻrgazmada ham oʻrin olgandir.

Keyinchalik esa mehmonlar "ATIDE" va "ANORA ZOKIRLI" kiyim brendlarining namoyishini tomosha qilishdi.

"ATIDE" 2019-yilda taʼsis etilgan Ozarbayjon brendidir. Brendning muallifi isteʼdodli modelyer Aida Qahvejidir.

Brendning nomi "sandiq" maʼnosini anglatadi va bu maʼnoni anglatishi tasodif emas. Maqsad ona va buvilarimizning sandigʻida qadimdan qolgan milliy kiyimlarimizni zamonaviy moda bilan uygʻunlashtirgan tarzda Ozarbayjon madaniy merosini yashatmoq va kelajak avlodga yetkazib bermoqlikdir.

Taqdim qilingan "Shamaxi" kiyim kolleksiyasi Ozarbayjonning qadim shaharlaridan biri boʻlgan Shamaxining nomini olgan.

Ozarbayjon brendi "Anora Zokirli" esa 2018-yilda taʼsis etilgan. Muallifi isteʼdodli modelyer Anora Zokirli boʻlgan brendning yaratilishidan maqsad Ozarbayjon milliy gilam bezaklarini zamonaviy kiyimlar bilan sintez qilgan holda uni moda dunyosiga tanishtirmoq, Sharq va Gʻarbning ohangida porlagan oʻlkamiz madaniyatini kiyimlar bilan barchaning eʼtiboriga havola etmoqlikdir.

Taqdim etilgan "Zarafshon" kiyim kolleksiyasi Ozarbayjonning mashhur "Afshona" gilamidan ilhomlangan tarzda tayyorlangan. Kiyimlarda olovlar yurti Ozarbayjonning alvon rangli milliy bezaklarini oʻzida aks ettirgan va maxsus tayyorlangan unikal matolardan foydalanilgan.

Kolleksiyada taqdim qilingan har bir ishning ortida ming asrlik tarix, sirli hikoyalar, durdona hunarmandchilik buyumlari va cheksiz tasavvur mujassam. Ozarbayjon xalq qoʻshiqlarining joʻrligida taqdim etilgan tarixiy yodgorliklar, gilam va boshqa hunarmandchilik buyumlari tashrif buyuruvchilarda katta taassurot uygʻotadi.

13.06.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint