Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Arshin mal olan” yangidan Toshkent sahnasida namoyish etildi.


Xabar berganimizdek, Ozarbayjon Madaniyat vazirligining tashkilotchiligi bilan 10-14-iyun kunlarida Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda Ozarbayjon Madaniyati kunlari boʻlib oʻtmoqda.

12-iyun kuni oʻzbek sanʼatsevarlari uchun Uzeyir Hojibeylining dunyoga mashhur "Arshin mal olan" operettasining spektakli namoyish etildi. Ozarbayjon davlat akademik opera va balet teatrining hayʼati musiqali komediyani Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida tomoshabinlar eʼtiboriga taqdim etdi. Sahnalashtiruvchi rejissyor, Xizmat koʻrsatgan sanʼat xodimi Hofiz Quliyev boʻlgan sahna asarida rollarni Xizmat koʻrsatgan artistlar Romil Qosimov (Asgar), Inora Boboyeva (Gulchehra), Xalq artisti Gulyoz Mammadova (Telli), Xizmat koʻrsatgan artistlar Jahongir Qurbonov (Sultonbey) Guliston Aliyeva (Jahon xola), Sabina Vahobzoda (Osiyo), shuningdek, Taleh Yahyoyev (Sulaymon), Sodiq Malikov (Vali) ijro etdilar. Qardosh oʻlka orkestri bilan namoyish etilgan sahna asarini Xizmat koʻrsatgan sanʼat xodimi Sevil Hojiyeva boshqarib turdi. Uzeyir Hojibeylining shoh asarlaridan biri boʻlgan spektakl katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

Qayd etish joizki, Uzeyir Hojibeyli musulmon Sharqida ilk operetta boʻlgan bu asarni 1913-yilda yozgan. Aynan shu yili 25-oktabr kuni Bokuda asarning muvaffaqiyatli taqdimotidan keyin spektakl Kavkaz oʻlkalari, Rossiya, keyin esa dunyoning barcha sahnalarida namoyish etildi. Asar ancha yillar avval Oʻzbekistonda ham koʻp marotaba sahna yuzini koʻrgan. 2013-yilda "Arshin mal olan" asarining 100 yilligi YUNESKO darajasida qayd etildi.

1945-yili Bokuda "Arshin mal olan" filmi suratga olingan va 80 tilda dublyaj qilinib, 150 dan ortiq oʻlkada namoyish qilingan.
Asar asosida 1965-yili ayni shu nomli yangi film suratga olingan.

13.06.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint