XABARLAR 2024
Oʻzbek tiliga tarjima qilingan "Qilich va qalam" romanining Toshkentda taqdimoti oʻtkazildi.
Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda oʻtkazilgan Ozarbayjon Madaniyati kunlari ajoyib tarzda oʻtkazilayotgan tadbirlar bilan davom etmoqda.
Madaniyat kunlarining yana bir tadbiri 13-iyunda Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkil etildi.
Markazda buyuk tarixiy romanlar muallifi Mammad Said Oʻrdubodiyning oʻzbek tiliga tarjima qilingan "Qilich va qalam" tarixiy kitobining taqdimoti oʻtkazildi. Oʻzbekiston olim va ziyolilari ham ishtirok etgan marosimda ochilish nutqini soʻzlagan Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi kotibi, shoir, dramaturg Ilgʻor Fahmiy keyingi soʻz navbatini madaniyat vaziri oʻrinbosari Farid Jafarovga berdi.
Mehmonlarni samimiy salomlagan vazir oʻrinbosari Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan buyuk shoir va yozuvchilarimiz asarlarining xorijiy tillarga tarjima qilinib, targʻibot etilishiga katta eʼtibor qaratilishini bildirib oʻtdi. Hozirgacha 100 dan ortiq muallif asari tarjima qilinib, nashr etildi. Yozuvchilarimizning turkiy dunyoda tanilishiga alohida ahamiyat berilmoqda.
Nashrning ahamiyatini taʼkidlab oʻtgan vazir oʻrinbosari bildirdiki, bu kitob bilan buyuk nosir Mammad Said Oʻrdubodiy bilan birga asarda obrazi yaratilgan dunyoga mashhur Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy va uning davri haqida oʻzbek kitobxonlarida boy tasavvur mujassamlashadi.
Oʻzbekistonning adabiyotshunos olimlari, professorlar Nurboy Jabborov, Abdulla Ulugʻov, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi kotibi, shoir, tarjimon Salim Bobullo oʻgʻli, Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik jamiyati ijrochi direktori Erkin Nuriddinov Oʻzbekiston, shoir Ogʻshin Yenisey va Ankaradagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov chiqish qildilar. Chiqishlarda yangi nashrning ahamiyati alohida taʼkidlandi, Nizomiy Ganjaviy asarlaridagi gʻoyalari haqida soʻz yuritildi.
Tadbirda Nizomiy Ganjaviy sheʼrlari oʻqildi, gʻazallari asosida maqomlar ijro etildi.
Aytish kerakki, asarda Nizomiy Ganjaviy obrazi asosiy oʻrinni egallasa-da, muallif bu bilan kifoyalanmasdan, daho shoir yashagan davrning manzarasini jonlantirishga harakat qilgan, xalq hayotining keng tasvirini yaratgan. Shuning uchun ham roman bosh qahramonning nomi bilan emas, asarning hayot materialida muhim ahamiyat kasb etgan ikki jihatning - xalqning maʼnaviy va jismoniy qudrati ramzi sifatida "Qilich va qalam" deya nomlangan.
Romanni oʻzbek tiliga Nazira Aliyeva, Muhsin Hamidov va Rustam Komilov tarjima qilganlar.
13.06.2024