XABARLAR 2024
Ozarbayjon Madaniyat vaziri O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Maqom san’ati anjumanida ishtirok etdi.
27-30-iyun kunlarida O‘zbekistonning Jizzax viloyati Zomin tumanida II Xalqaro Maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi.
Iyun oyining 27-kunida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, YUNESCO tashkiloti 42-sessiyasi raisi Simona Mirela Mikelusku, ICESCO tashkiloti bosh direktori Salim al-Malik, TURKSOY tashkiloti bosh kotibi Sulton Raev, Turk Madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti Aktotu Raimkulova, TurkPA tashkiloti raisi Mehmet Surayyo Er, Turkiya Prezidenti bosh maslahatchisi Yolchin Topchu, Qozog‘iston Prezidenti maslahatchisi Malik O‘tarboyev, Tojikiston Prezidenti yordamchisi Abdullo Rahmonzoda, Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Odil Karimli, Qirg‘iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Oltinbek Maksutov, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi o‘rinbosari Nurlan Seytimov, Osiyo mintaqasi bo‘yicha Xalqaro Folklor tashkiloti bosh kotibi Mun Ho‘n Suk va boshqa rasmiylar, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan diplomatik tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maqom san’atining tarixi va ahamiyati haqida nutq so‘zladi.
Marosimda undan keyin YUNESKO Bosh Konferensiyasi 42-sessiyasi prezidenti Simona Mikelesku va ICESCO bosh direktori Salim Muhammad al-Malikning ham nutqiy chiqishlari tinglandi.
Chiqishlardan keyin katta konsert dasturi namoyish etildi. Konsertda turli jamoalar bir-biridan qiziqarli musiqiy chiqishlarni, raqslarni ijro etdilar, kompozitsiyalar taqdim etdilar. Barcha ijrolar olqishlar bilan qarshi olindi.
Bildirib o‘tamizki, 80 dan ortiq o‘lkadan 400 ga yaqin mehmonlarning ishtirokidagi anjuman o‘tkaziladigan “Zominsoy” majmuasi bayram kayfiyatida bezatilgan. Bu yerda keng maydonda O‘zbekiston xalqining boy madaniyatini, muhtasham amaliy san’atini namoyish ettirgan ko‘rgazmalar tashkil etilgan.
Anjuman doirasida 28-29-iyun kunlarida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
28-29-iyun kunlarida, shuningdek, anjuman doirasida maqom ijrochiligi musobaqasi tham tashkil etiladi. Musobaqada o‘lkamizni yosh xonandalar Nisbat Sadrayeva va Shafoli Mirzaliyev tamsil qiladi. Ularga Ruslan Zarbaliyev (tor), Parviz Farhodov (kamoncha) va Siyovush Farhadov (nog‘ora) hamrohlik qiladi.
Musobaqa ishtirokchilarini Ozarbayjon, AQSH, Misr, Turkiya va O‘zbekiston va Hindistondan tashrif buyurgan musiqa xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati baholab boradi. “Eng yaxshi maqom ansabli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” nominatsiyalarining g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan pul mukofoti, diplom va statuetkalar bilan tadirlanadi.
Iyunning 30-kunida anjumanning yopilish va musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Aytish kerakki, I Xalqaro Maqom san’ati anjumani 2018-yilning 6-10-sentabr kunlarida O‘zbekistonning Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu anjumanda o‘lkamizni tamsil qilgan “Mug‘om” cholg‘u guruhi birinchi o‘rinni egallagandi.
28.06.2024