Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Ozarbayjon xalqining G‘arbiy Ozarbayjonda yaratgan moddiy-madaniy va adabiy merosi haqida ma’rifiy ma’ruzalar tashkil etildi.


O‘zbekistondagi Ozarbayjon elchixonasining huzurida faoliyat yuritadigan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashkilotchiligi bilan Ozarbayjon Madaniyat Markazining hamkori Salama Fataliyeva tomonidan Toshkentda yashagan yurtdoshlarimizga va o‘zbeklarga G‘arbiy Ozarbayjon bilan bog‘liq ma’lumotlar beruvchi ma’ruzalar o‘qildi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida bo‘lib o‘tgan ma’ruzalarda ishtirokchilarga Ozarbayjon xalqining G‘arbiy Ozarbayjonda yaratgan moddiy-madaniy va adabiy merosi haqida keng ma’lumotlar berildi. “G‘arbiy Ozarbayjonga qaytish” shiori ostida tashkil etilgan ma’ruzalarda Ozarbayjon xalqining boy madaniy, adabiy merosi haqidagi ma’lumotlar ishtirokchilarning diqqatiga taqdim etildi. Ma’ruzada Ozarbayjon xalqining G‘arbiy Ozarbayjonda tarix davomida yaratgan moddiy-madaniy, adabiy merosi, madaniyat namunalari, adabiy jarayonning inkishofi haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berildi. Arman tajovuzi natijasida ota-bobolarimizning tarixiy yurti bo‘lgan G‘arbiy Ozarbayjonda yashagan xalqimiz ko‘chirilgandan keyin u yerda Ozarbayjon xalqi tomonidan yuz yillar davomida yaratilgan moddiy-madaniy merosimiz vandalizmga yuz tutgandir. Shunday qilib, ozarbayjonliklar tomonidan qurilgan tarixiy binolar, yodgorliklar, diniy ibodatxonalar mahv etilgan, Ozarbayjon xalqining bu tuproqlarda izlari yo‘q qilinishi uchun armanlar tomonidan ko‘plab urinishlar bo‘lgan. Holbuki, u tuproqlarning har qarichida xalqimizning o‘chmas izlari bor, buning eng yaqqol misoli isa Ozarbayjon xalqiga oid joy nomlari, toponimlarning hozirgi kungacha saqlab qolinganligidir. G‘arbiy Ozarbayjondan ko‘chirilgan ozarbayjonliklar uzun yillardirki, Ozarbayjonning turli hududlarida va dunyoning turli o‘lkalarida yashamoqdadir, ammo ular o‘z tarixiy ota-bobo yurtlaridan ayro tushgan bo‘lishiga qaramasdan, bugun ham hamisha o‘zlarining tarixiy tuproqlariga qaytajak kunlarini kutadilar.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan ushbu ma’ruzalarning tashkil qilinishi yana davom ettiriladi.

16.07.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint