XABARLAR 2024
O‘zbekistonning qadimiy Xiva shahrida “Shusha kunlari” tadbiri o‘tkazildi.
Shusha shahar Davlat qo‘riqxonasi boshqarmasining tashkilotchiligi, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining ko‘magi bilan 11-12-sentabr kunlarida O‘zbekistonning Xiva shahrida “Shusha kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Aytish kerakki, Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi bilan 2023-yilda Shusha shahri bilan O‘zbekistonning Xiva shahri qardosh shaharga aylanib, bu haqida shartnoma ham imzolandi.
O‘tkazilgan tadbirlar doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Shusha tumanidagi maxsus vakili Oydin Karimov XIva shahar hokimi Temur Davletov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida qardosh shahar hisoblangan ikki shahar munosabatlarining yanada mustahkamlanishi, fan, madaniyat, ijodkorlik sohasida aloqalarning rivoji, tajriba almashinuvining ahamiyati borasida muzokaralar olib borildi.
So‘ngra Xivaning tarixiy “Ichan qal’a” majmuasi bilan tanishuv ishlari olib borildi.
Oydin Karimov, Shusha shahar Davlat qo‘riqxonasi boshqarmasining ijrochi direktori Turol Navro‘zov va maxsus delegatsiyaning bosh maslahatchisi Elshod Iskandarovning ishtiroki bilan Urganch Davlat universitetida rektor Bahrom Abdullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 1938-1940-yillarda mazkur universitetda muallim sifatida faoliyat ko‘rsatgan buyuk yozuvchi, ijtimoiy xodim Yusif Vazir Chamanzaminli (1887-1943) nomini olgan, 2023-yilda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi va tashkilotchiligi bilan yaratilgan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazining faoliyati borasida fikrlar almashinuvi ham olib borildi. Shuningdek, Oydin Karimov Shusha shahrida olib borilgan obodlik, barpo va yangidan qurilish ishlari haqida keng ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida shushalik rassom tomonidan chizilgan Y.V.Chamanzaminlining portreti Markazga sovg‘a qilindi. Talabalarning ijrosida konsert dasturi ham taqdim qilindi.
11.09.2024