XABARLAR 2024
O‘zbekistonda Ozarbayjon Milliy Musiqa kuni nishonlandi.
Shusha shahar Davlat qo‘riqxonasi boshqarmasining tashkilotchiligi, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining ko‘magi bilan 11-12-sentabr kunlarida O‘zbekistonning XIva shahrida “Shusha kunlari” o‘tkazildi.
“Shusha kunlari” “Ichan qal’a”da maroqli tadbirlar bilan davom etdi.
“Shusha – kecha va bugun” nomli fotoko‘rgazmada shaharning tarixiy o‘tmishini, fusunkor tabiatini, ishg‘oldan avvalgi va keyingi manzarasini, bunyodkorlik-quruvchilik, yangidan barpo qilish ishlarini o‘zida aks ettirgan turli fotolar namoyish etildi, har bir foto haqida tashrif buyurganlarga ma’lumotlar berildi.
Tadbirda taqdim etilgan Ozarbayjonning Qorabog‘ hududida maxsus milliy kiyim namunalari maroq bilan, qiziqish bilan kutib olindi. Kolleksiyada asosan Qorabog‘ zodagon xonimlarining XVIII-XIX asrlarga oid kiyimlari va erkaklar liboslari ko‘rgazmaga qo‘yildi.
O‘zbekistonda bo‘lgan turli mamlakatlarning elchilari, Xiva shahar hokimi Temur Davletov, Ozarbayjon delegatsiyasining ishtirok etgan tadbirida taniqli san’at ustalarimizning ijrosida taqdim etilgan muhtasham konsert dasturi olqishlar bilan qarshi olindi. Ozarbayjon Davlat raqs ansamblining ijro etgan raqs chiqishlari esa alohida olqishlarga sazovor bo‘ldi.
12.09.2024