XABARLAR 2024
“Shusha kunlari” doirasida Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida uchrashuv.
O‘zbekistonning qadimiy Xiva shahrining va Shushaning qardosh shaharlarga aylanishi munosabati bilan XIvada “Shusha kunlari” yakunlangach, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev va Ozarbayjondan tashrif buyurgan delegatsiya Toshkentdagi Haydar Aliyev parkidagi ulug‘ yo‘lboshchi yodgorligiga guldastalar qo‘ydilar.
Shusha shahar Davlat qo‘riqxonasi boshqarmasining tashabbusi bilan Xivada o‘tkazilgan tadbirlarda Ozarbayjon Prezidentining maxsus vakili Oydin Karimov ham ishtirok etdi.
Gul qo‘yish marosimidan keyin Husayn Guliyev va Shusha shahar Davlat qo‘riqxonasi boshqarmasi ijrochi direktori Tural Navro‘zovning rahbarligi bilan delegatsiya Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida ham bo‘ldilar.
Husayn Guliyev va delegatsiya Madaniyat Markazidagi Shahidlar bog‘iga guldastalar qo‘yib, markazdagi Haydar Aliyev muzeyi, Ozarbayjon-O‘zekiston Do‘stlik muzeyi va Ozarbayjon Davlatchilik tarixi muzeyi bilan tanishdilar.
Undan keyin markazda Husayn Guliyev va delegatsiyaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bir payola choy ustida kechgan uchrashuvda Husayn Guliyev Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlari, joriy 2024-yil avgustning 22-23-kunlarida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgani, imzolangan muhim hujjatlar haqida ma’lumotlar berdi, hamkorlikning bundan keyin ham yuksalishiga ishonchi komil ekanini bildirdi.
Turol Navro‘zov Xiva shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlar haqida so‘z yuritdi, bu qadimiy shaharda bo‘lib o‘tgan esda qolarli madaniy tadbirlar haqida gapirdi. Shusha shahrida olib borilgan qurilish, yangidan barpo qilish, bunyodkorlik va obodlik ishlari haqida gapirgan T.Navro‘zov ta’kidladiki, qadimiy Shusha turizm shahriga aylanib bormoqda. Shunday qilib, birgina avgust oyida Shushaga 168 ming turist tashrif buyurgan. Turol Navro‘zov bildirdiki, Shusha armanlar tomonidan bosib olinishidan avval ushbu qadimiy Ozarbayjonning shahrida 196 ta tarixiy yodgorlik bo‘lgan, bosqin davrida ularning aksariyati vayron qilingan.
Keyin delegatsiya a’zolari Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishdilar.
14.09.2024