XABARLAR 2024
“Ozarbayjon she’riyatidan durdonalar” nomli she’rlar
tanlovining yakuniy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Ozarbayjon Respublikasi Davlat Til Komissiyasi huzuridagi Monitoring Markazi tomonidan O‘zbekistonning Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Ozarbayjon she’riyatidan durdonalar” nomli she’rlar tanlovining natijalariga bag‘ishlangan yakuniy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Markaz xodimlari, tanlov g‘oliblari – Namozov Lazizbek, Bo‘riboyeva Ra’no, Sultonova Feruza ishtirok etdilar. Tadbirda ayni vaqtda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi inspektori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Karimulla Mammadzoda va tanlovning ilk o‘nlikka kirgan boshqa ishtirokchilari videoformat asosida qatnashdilar.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Markaz direktori, professor Sevinch Aliyeva “Ozarbayjon she’riyatidan durdonalar” nomli she’rlar tanlovining o‘tkazilishidan asosiy maqsad Ozarbayjon-O‘zbek xalqlari orasida do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek Ozarbayjon tili va adabiyotining xalqaro maydonda nufuzini oshirish ishlari borasida imkoniyat, sharoit yaratishdan iboratliligini bildirdi.
O‘zbekiston va Ozarbayjonning fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalaridagi aloqalaridan so‘z yuritgan Karimulla Mammadzoda o‘tkazilgan tanlovning ahamiyatini qayd etib, bu sohada hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi, loyihalarning hamda tajriba almashinuvining amalga oshirlishi muhimligini ta’kidladi.
“Ozarbayjon she’riyatidan durdonalar” nomli she’rlar tanlovida ilk uchlikka kirgan g‘oliblar – Namozov Lazizbek, Bo‘riboyeva Ra’no, Sultanova Feruzaga Faxriy farmon va sovg‘alar taqdim etildi, o‘nlikka kirgan ishtirokchilar ham tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Tanlov g‘oliblari Namozov Lazizbekning ijrosida xalq shoiri Ramiz Ravshanning “Qarimoqdaman” she’ri, Bo‘riboyeva Ra’noning ijrosida xalq shoiri Samad Vurg‘unning “Ozarbayjon” she’ri, Sultanova Feruzaning ijrosida xalq shoiri Vohid Azizning “Umidla” she’ri katta qiziqish bilan qarshilandi.
19.09.2024