XABARLAR 2024
Oʻzbekistonning yetakchi oliy taʼlim muassasasiga Ozarbayjonga oid nashrlardan iborat kitoblar kolleksiyasi sovgʻa qilindi.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida tomonidan Oʻzbekistonning koʻp yillik oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblangan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida yangi tashkil etilgan “Jadidlar kutubxonasi” ga Ozarbayjon tili tarixi, madaniyati, adabiyoti va shu kabi nashrlardan iborat kitoblar kolleksiyasi sovgʻa qilindi.
Mazkur universitetning Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida boʻlib oʻtgan tadbirni fakultet dekani, dotsent Feruza Burxonova ochib berdi va Madaniyat Markazi tomonidan qoʻyilgan qadamni yuksak baholadi, talabalarning bilimlarini mustahkamlash yoʻlida kitoblarning ahamiyati kattaligini aytib oʻtdi. Talabalar orasida Ozarbayjon madaniyatiga, adabiyotiga, tiliga katta qiziqish borligini bildirgan F.Burxonova ularning kutubxonasiga sovgʻa qilingan bu kitoblar bu yerda oʻqigan yoshlarning bilimini yuksaltirishda katta rol oʻynashini aytib, bu ish uchun Ozarbayjon Madaniyat Markaziga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Keyin chiqish qilgan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktor oʻrinbosari Nodir Alimirzoyev Markaz faoliyatidan qisqa soʻz ochib, bu faoliyat doirasida kitob nashrlarining ahamiyatini alohida taʼkidladi. Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan 120 ga yaqin nashr loyihalarining amalga oshirilganini aytgan Nodir Alimirzoyev bundan keyin ham Madaniyat Markazi tomonidan madaniyatimizga, adabiyotimizga, tariximizga oid asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilishini va oliy taʼlim muassasalariga, kutubxonalarga bepul taqdim qilinishini taʼkidlab aytdi. Nodir Alimirzoyev Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan ikki xalq, davlat oʻrtasidagi madaniy-adabiy aloqalarni oʻz ichiga olgan aktual mavzularga doir nashrlarning bundan keyin ham davom etajagini bildirdi.
Keyinchalik chiqish qilgan Ozarbayjon Madaniyat Markazi namoyandasi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Karimulla Mammadzoda amalga oshirilgan soʻnggi nashr loyihalaridan soʻz ochib, nashr ettirish masalalari vaqtida asosan oʻzbek kitobxonlarining qiziqishlariga ustunlik berilganini, oʻzbek xalqi uchun Ozarbayjon haqida qiziqarli boʻlgan mavzularni oʻz ichiga qamrab olgan nashr loyihalarining amalga oshirilganini qayd etdi. Oʻzbek adabiyotshunosligi uchun katta ahamiyat kasb etgan Ozarbayjon mumtoz asarlarining toʻliq shaklda oʻzbek tiliga tarjima qilinib, chop etilganini taʼkidlagan K.Mammadzoda Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjonning daho shoiri Muhammad Fuzuliy asarlaridan iborat ikki jildlik “Kulliyot”ning ham shoir tavalludining 530 yilligi munosabati bilan Oʻzbek tilida yangidan tahrirlanib, chop etilgani mumtoz adabiyotsevarlarning eʼtiboriga havola qilinganini taʼkidladi.
Keyinchalik chiqish qilgan universitet professori Shuhrat Muhammadov bu kitoblar kolleksiyasi qiymati bilinmas bir xazina ekanini va yoshlar ilmiy, ijodiy jihatdan oʻsishida beqiyos rol oʻynaydigan bir manba ekanini qayd etdi.
Chiqish qilganlar dotsent Mahbuba Oʻrozboyeva, talaba Nasiba Abduzoirova sovgʻa qilingan kitob kolleksiyasi uchun muallim va talabalar nomidan Ozarbayjon Madaniyat Markaziga oʻz minnatdorchiligini bildirdilar.
Aytish mumkinki, sovgʻa qilingan nashrlar Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi tomonidan Oʻzbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan kitoblardir. Bular orasida umummilliy yetakchi Haydar Aliyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyevning hayotiy va siyosiy faoliyatidan bahs yuritgan nashrlar, Ozarbayjon mumtoz adabiyoti namoyondalari, Ozarbayjon madaniyati, adabiyoti, sanʼati, tarixi, Armanistonning Ozarbayjonga qarshi hujumkor siyosati, Ozarbayjon-Oʻzbek tillariga oid lugʻatlar, darsliklar, soʻzlashuv kitoblari va boshqa nashrlar oʻrin olgandir.
24.09.2024