XABARLAR 2024
27-sentabr – Xotira kuni munosabati bilan O‘zbekistonda tadbir bo‘ldi.
Ozarbayjonnning O‘zbekistondagi elchixonasi va uning huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 27-sentabr – Xotira kuni munosabati bilan Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida xotira marosimi o‘tkazdi.
Avvalambor, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, elchixonaning va Madaniyat Markazining xodimlari markazdagi Shahidlar bog‘iga guldastalar qo‘ydilar. Keyin Ulug‘ yo‘lboshchi Haydar Aliyevning bu bino oldidagi yodgorligi oldiga chechaklar, guldastalar qo‘yildi.
Husayn Guliyev bildirdiki, Ozarbayjonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi orzusida ketgan urushlarda jonlarini fido qilgan shahidlarimizning aziz xotirasini g‘urur va ehtirom ila yod etamiz. Ozarbayjon Prezidenti, Oliy Bosh Qo‘mondon Ilhom Aliyevning rahbarligida qasamyod maskanimiz bo‘lgan, shahidlik cho‘qqisiga yetgan qahramon o‘g‘illarimiz Sharqiy Zangazur va Qorabog‘, shu jumladan qadim Shushaning bosqindan ozod bo‘lishida qahramonlik va shijoat ko‘rsatdi, o‘z nomini Vatanimizning qahramonlik tarixiga zarhal harflar bilan yozdi, 44 kunlik Vatan urushi Ozarbayjonning to‘liq g‘alabasi bilan o‘z nihoyasiga yetdi, tuproqlarimiz arman bosqinchilaridan ozod etildi, xalqimiz erkin nafas oldi. Bu bilan BMT Xavfsizlik Kengashining Ozarbayjon tuproqlarini so‘zsiz ozod qilish bo‘yicha qabul qilgan 4 ta rezolyutsiyasini bu tashkilot emas, Ozarbayjon askari bajardi.
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Harbiy Attesha Apparati rahbari, polkovnik Samir Afandiyev 44 kunlik Vatan urushi davrida Ozarbayjon askar va zobitlarining shijoati haqida gapirdi. U bildirdiki, 27-sentabr Zafar yo‘lining boshlanishi sifatida Ozarbayjon xalqining yodida abadiy yashaydi. Vatan yo‘lida jonlarini fido qilganlar shahidlik cho‘qqisiga chiqib, kelajak avlodlarga o‘rnak bo‘ldilar va bu bilan Vatanni asrash ham shahidlikdan kechishini isbotladilar.
27.09.2024