Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati Fransiyada Ozarbayjonning taniqli shoirasi Xurshidbonu Notavonning haykaliga qarshi qilingan g‘ayriqonuniy harakatlarni qoralab, bu harakatlar to‘g‘risida bayonot berdi.


Bayonotda O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati bashar madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan Ozarbayjonning o‘z boy madaniyati va adabiyoti ila Sharq madaniyatiga muhim ta’sir ko‘rsatganini qayd etib, so‘nggi paytlar madaniy qadriyatlarga qarshi qilingan g‘ayriqonuniy harakatlarni qoralaydi va bu bilan o‘z xavotirini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati bayonoti matnini O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga taqdim etgan edi.

Bayonotda O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati Ozarbayjonning taniqli shoirasi, ijtimoiy xodim, Qorabog‘ xonining qizi Xurshidbonu Notavonning Fransiyaning Evian-le-Ben shahrida 2017-yili o‘rnatilgan haykaliga qarshi qilingan noloyiq hatti-harakatlardan o‘z xavotirini bildiradi va umummilliylikda bu kabi holatlarni madaniy qadriyatlaga qarshi hurmatsizlik sifatida baholaydi va qabul qilib bo‘lmaydigan vaziyat deb hisoblaydi. O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati Ozarbayjonning buyuk shoirasi Xurshidbonu Notavonning haykaliga qarshi qilingan bu harakatni taassuf hissi bilan qabul qilib, bunday harakatlarga barham berishga, to‘xtatishga chaqiradi.

Hujjatda shu narsa ta’kidlanadiki, Turkiy va Islom dunyosining madaniyat poytaxti, Ozarbayjonning qadimiy shahri – Shushada tug‘ilgan, Qorabog‘ xonining qizi bo‘lgan Xurshidbonu Notavon buyuk bir adabiy meros yaratgan, o‘zining adabiy, ayni vaqtda ijtimoiy faoliyati bilan nainki Ozarbayjonda, balki Sharqda ham nafis, oliyjanob, marhamatli ayol obrazini gavdalantirgandir.

“Xurshidbonu Notavon bashar tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan ayollardan biridir va istar madaniyat sohasidagi xizmatlari, istar insoniylik uchun qilgan xayriya ishlariga ko‘ra bugun ham aziz xotirasi minnatdorlik bilan yodga olinadi”, – deyiladi bayonotda.

Qabul qilingan hujjatda Xurshidbonu Notavon ijodi, uning adabiyotga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritiladi va shu narsa qayd etiladiki, butun hayotini adabiyot, madaniyat, san’at rivojiga, bashariyatning tinchlik, xotirjamlikda yashashiga, insonlarning farovonligiga sarf etgan bunday bir tarixiy shaxsiyatning aziz xotirasiga o‘rnatilgan xotira obidasining hurmatga loyiq ekani aytiladi va faqat Ozarbayjon emas, butun Sharqning, shuningdek, dunyo madaniyatining durdonasi deya hisoblanadi.

29.01.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint