Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida Ozarbayjon xalqining Gʻarbiy Ozarbayjonda yaratgan moddiy-maʼnaviy va adabiy merosi haqida maʼruzalar tashkil etildi.


Oʻzbekistondagi Ozarbayjon elchixonasi va uning huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashkilotchiligi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent Pedagogika va iqtisodiyot institutida tahsil olayotgan yuqori kurs talabalari va magistrantlar uchun "Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytish" shiori ostida "Ozarbayjon xalqining Gʻarbiy Ozarbayjonda yaratgan moddiy-maʼnaviy va adabiy merosi" mavzusida maʼruzalar tashkil etildi.

Taniqli adabiyotshunos olim, professor Mohira Husaynova tomonidan oʻqilgan maʼruzalarda talabalarga Ozarbayjon xalqining Gʻarbiy Ozarbayjonda yaratgan moddiy-maʼnaviy va adabiy merosi haqida keng maʼlumotlar berildi. Maʼruzalarda Ozarbayjon xalqining boy madaniy, adabiy merosi haqida maʼlumotlar talabalarning eʼtiboriga havola qilindi va xususan Ozarbayjon xalqining Gʻarbiy Ozarbayjonda tarix boʻyi yaratgan moddiy-maʼnaviy, adabiy meros, madaniyat namunalari, adabiy jarayonning yuksalish xususiyatlari borasida talabalarga batafsil maʼlumotlar berildi. Arman tajovuzi natijasida tarixiy ota-bobolarimiz yurti boʻlgan Gʻarbiy Ozarbayjonda yashagan xalqimiz koʻchirilgandan keyin u yerda Ozarbayjon xalqi tomonidan yuz yillar mobaynida yaratilgan moddiy-madaniy merosimiz ham vandalizmga uchradi. Shunday qilib, ozarbayjonliklar tomonidan barpo etilgan tarixiy binolar, yodgorliklar, diniy ibodatxonalar vayron qilingan, armanlar tomonidan Ozarbayjon xalqining bu tuproqlarda izlarini oʻchirish uchun harakat qilingan. Holbuki, bu tuproqlarning har bir qarichida xalqimizning oʻchmas izlari bordir va Ozarbayjon xalqiga oid joy nomlarining, toponimlarining hali ham saqlab qolingani buning yaqqol namunasidir.

Gʻarbiy Ozarbayjondan koʻchirilgan ozarbayjonliklar uzun yillardirki, Ozarbayjonning turli mintaqalarida va dunyoning turli mamlakatlarida yashamoqdalar. Biroq ular oʻz tarixiy ota-bobolari yurtlaridan uzoqda yashayotgan boʻlishlariga qaramasdan bugungi kunda ham oʻz tarixiy tuproqlariga qaytajak kunlarini kutib yashamoqdalar. Qorabogʻning ozod qilinishidan keyin ularning bu ishonchi birga ming boʻlib ortgandir va ishonamizki, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning uzoqni koʻzlab olib borayotgan siyosati natijasida bu orzumuz ham yaqin kelajakda amalga oshajakdir.

Aytish mumkinki, Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan ushbu mavzuda doimiy tarzda maʼruzalarning tashkil qilinishi davom etadi.

04.10.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint